Belgorod viloyatida 17 iyul, çorşanba kuni FPV dronining avtomobilga hujumi oqibatida ikki kişi halok böldi, deb xabar berdi Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov. Dron yoş er-xotin bölgan maşinaga hujum qildi. Maşinaning yonişi natijasida er-xotin tez yordam yetib kelguniga qadar voqea joyida vafot etgan.

Şu kuni, 17 iyulda Belgorod viloyatining Şebekino şahrining öqqa tutilişi natijasida uç nafar tinç aholi vakili yaralangan, deya xabar berdi Gladkov. Ikki erkak kökrak qafasining yumşoq töqimalaridan, yana biri yelkasidan jarohatlangan, barça jabrlanganlar şifoxonalarga yetkazilgan. 

Şu kuni ertalab Gladkov Şebekinskiy şahar okrugi Novaya Tavoljanka qişloğida Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutiş natijasida bir fuqaro yaralangani haqida yozgan edi: böynidan jarohat olgan erkak viloyat klinik şifoxonasiga yotqizilgan. 

18 iyulga ötar keçasi Vyaçeslav Gladkov, şuningdek, Belgorod viloyatidagi yettita aholi punktiga, xususan: Valuyskiy şahar okrugidagi Stariy Xutor qişloği, Mixaylovka qişloği, Grayvoronskiy şahar okrugidagi Kozinka qişloği, Şebekinskiy şahar okrugidagi Mokraya Orlovka, Novostroyevka-Pervaya, Voznesenovka va Murom qişloqlariga uçuvçisiz uçoq hujumi sodir etilgani haqida xabar berdi. Gubernatorning sözlariga köra, bu hujumlar natijasida uylar va maşinalar zarar körgan, biroq tinç aholi orasida jabrlanganlar yöq. 

Kursk viloyati

Kursk viloyatida, gubernator Aleksey Smirnovning sözlariga köra, Tyotkino, Noviy Put, Politotdelskiy va Medvejye posyolkalarida, Volfino qişloğida va Gluşkovskiy tumanining Otruba xutorida, Sudjanskiy tumanidagi Novoivanovka qişloği, Korenevskiy tumani Lyubimovka qişloği, Rilskiy tumanidagi «Krupets» nazorat punktidan unçalik uzoq bölmagan joyda «Ukraina kopterlaridan taşlaşlar va kamikadze dron hujumlari» qayd etilgan.

«Ukraina kopterlari va kamikadze dronlarining hujumidan söng Gluşkovskiy, Sudjanskiy va Korenevskiy tumanlarida 8 nafar mahalliy aholi jarohatlandi, ularning ikki nafari kasalxonaga yotqizildi. Rasmiy va şaxsiy avtomaşinalar, şuningdek, yuk maşinalari jiddiy şikastlangan», - deyiladi Smirnovning postida. 

Kursk viloyati rahbarining sözlariga köra, 17 iyul kuni kun davomida çegara hududlarida radioelektron kuraş vositalari yordamida Ukrainaning 6 ta uçuvçisiz uçoği yöq qilingan va zararsizlantirilgan. 

Bryansk viloyati

Bryansk viloyatida, gubernator Aleksandr Bogomazning sözlariga köra, 2010 yilda tuğilgan ösmir qiz 17 iyul kuni Suzemskiy tumani Zernovo qişloğini öqqa tutiş vaqtida yengil jarohat olgan. «U tibbiy muassasaga olib ketildi, u yerda barça zarur tibbiy yordam körsatildi», — deyiladi xabarda.

17 iyul kuni ertalab Bogomaz Ukrainaning ikki uçuvçisiz uçoği Suraj tumani uzra yöq qilingani haqida xabar berdi.