Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov keça Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston-Qirğiziston biznes-forumida iştirok etdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, delegatsiyalar tarkibiga, şuningdek, ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlaşmalari, viloyat hokimliklari rahbarlari hamda 350 dan ortiq işbilarmon doiralari vakillari kirdi. Tadbirni Özbekiston boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev kiriş sözi bilan oçar ekan, ikki davlat rahbarlarining samimiy munosabatlari tufayli köp qirrali özbek-qirğiz hamkorligi izçil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Özaro tovar ayirboşlaş hajmida ösiş kuzatilgani qayd etildi – ötgan yil yakuniga köra mazkur körsatkiç 1 milliard dollarga yetdi. Tovar ayirboşlaşning yanada oşişini ta’minlaş uçun tayyor töqimaçilik, oziq-ovqat, plastmassa, poyabzal, IT-xizmatlari, öğitlar, quriliş materiallari, maişiy texnika va farmatsevtika mahsulotlari, qoramol va mayda çorva mollari, kömir, oziq-ovqat va talabga ega bölgan boşqa tovarlarni özaro yetkazib berişni köpaytiriş çoralarini köriş muhimligi ta’kidlandi.

Keyingi yillarda investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlik faollaşdi. Bugungi kunda Özbekistonda Qirğiziston kapitali iştirokida 280 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Qöşma taşabbuslarni amalga oşirişda Özbekiston-Qirğiziston Taraqqiyot jamğarmasi katta rol öynaydi, uning portfeli 186 million dollarlik 33 ta investitsiya loyihasini öz içiga oladi.

Tadbir doirasida B2B va G2B muzokaralari bölib ötdi, unda tadbirkorlar köplab yangi, foydali aloqalarni örnatişga, yangi loyihalarni amalga oşirişning öziga xos jihatlarini muhokama qilişga muvaffaq bölişdi.

Forum yakunlari böyiça oziq-ovqat mahsulotlari, quriliş materiallari işlab çiqariş, logistika markazini taşkil etiş, çiqindilarni qayta işlaş, geologiya-qidiruv va kömir yetkazib beriş, IT-xizmatlari körsatiş, elektrotexnika va qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beriş böyiça 20 ta bitim, memorandum va savdo şartnomalari imzolandi.