Qonunçilikka köra, jismoniy şaxs özi bilan kredit bitimi tuzilişini kredit byurosiga ariza kiritiş orqali taqiqlaş huquqiga ega. Bu mexanizm, avvalo, şaxsning xabarisiz yoki iştirokisiz uning nomiga kredit rasmiylaştirilişining oldini olişga qaratilgan.

Taqiq örnatiş uçun arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron şaklda topşiriş mumkin. Şuningdek, fuqarolar Davlat xizmatlari markazi yoki kredit byurosiga yozma yoxud elektron şaklda murojaat qilişi mumkin.

Ariza qabul qilingaç, kredit byurosi fuqaroni darhol kredit bitimi tuzişi taqiqlangan şaxslar reyestriga kiritadi. YaIDXP orqali berilgan ariza kredit byurolariga avtomatik ravişda yuboriladi.

Şundan söng bank yoki boşqa tegişli kredit taşkiloti fuqaro bilan kredit bitimi tuzişdan oldin reyestrda unga nisbatan taqiq bor-yöqligini tekşirişi kerak. Qonunga köra, reyestrdan tegişli ma’lumot olinmasdan turib kredit bitimini tuziş taqiqlanadi.

Fuqaro istagan vaqtda uşbu taqiqni olib taşlaşi ham mumkin. Taqiqni joriy qiliş ham, uni bekor qiliş ham ixtiyoriy va bepul amalga oşiriladi.

Xizmat natijasi böyiça QR-kodli ma’lumotnoma taqdim etiladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda u fuqaroning şaxsiy kabinetiga yuboriladi, Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda esa natija belgilangan tartibda ariza beruvçiga yetkaziladi.

Şu tariqa, fuqaro kredit olişni rejalaştirmayotgan davrda öz nomiga kredit bitimi tuzilişini oldindan taqiqlab qöyişi, zarurat tuğilganda esa taqiqni bekor qilişi mumkin.