Rossiyaning "Norilskiy nikel" kompaniyasi Xitoyda işlab çiqarişni oçiş niyatida. Bunga Xitoy banklari Amerikaning ikkilamçi sanksiyalaridan xavotirlanib, tölovlarni tösib qöygani sababli Xitoyga metallarni eksport qila olmaslik sabab bölmoqda, deb xabar berdi Bloomberg agentligi 18 iyun, payşanba kuni ikki manbaga tayanib.
Naşrning yozişiça, "Nornikel" akkumulyator işlab çiqaruvçi CNGR Advanced Material va Brunp Recycling kompaniyalari bilan Rossiyadan yarim tayyor mahsulot yetkazib beriladigan nikel zavodi quriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Korxona zavodga yiliga 50 ming tonna metall yetkazib berişga tayyor, bu 2023 yilda korxonada işlab çiqarilgan nikel umumiy hajmining deyarli 25 foizini taşkil etadi.
"Nornikel" rahbari Vladimir Potanin aprel oyida kompaniya mis eritiş zavodini Norilskdan Xitoyga köçirişni rejalaştirayotganini aytdi, çunki Ğarb sanksiyalari tufayli korxonani modernizatsiya qiliş uçun Rossiyaga uskunalar yetkazib berişning iloji yöq.
Ikkilamçi sanksiyalar tahdidi
Bir qator metallar, şu jumladan nikel va platina guruhidagi metallar böyiça dunyodagi eng yirik işlab çiqaruvçi "Nornikel" AQŞ va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duçor bölmagan, biroq Ukrainaga qurolli hujum sababli Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritilgandan söng kompaniya ta’minotni qayta yönaltirişga majbur böldi. Uning eng yirik eksport bozori Xitoy bölib, hozirda sotuv hajmi yarmidan köpi uning hissasiga töğri keladi.
Biroq sönggi paytlarda Xitoy bilan savdoda muammolar yuzaga keldi. AQŞ dekabr oyida Rossiya harbiy-sanoat kompleksi işini osonlaştiradigan moliya institutlariga qarşi ikkilamçi sanksiyalar joriy etişga tayyorligini e’lon qilganidan keyin Xitoy banklari Rossiya tölovlarini qayta işlaşni kuçaytirdi. Iyun oyida çora-tadbirlar kengaytirildi. Natijada Xitoyning yirik banklari Rossiya kompaniyalariga nafaqat dollarda, balki yuanda ham tölovlarni tösib qöymoqda.












