Badavlat mamlakatlarda muhojirlar tobora istalmagan toifaga aylanib bormoqda, deb yozadi The Economist. Naşr ma’lumotiga köra, sönggi uç yilda rivojlangan mamlakatlarga 15 million kişi köçib borgan — bu zamonaviy tarixdagi eng katta ösişdir. Ötgan yilda AQŞga 3 milliondan ortiq, Kanadaga — 1,3 million, Buyuk Britaniyaga — 700 ming atrofidagi kişi migratsiya qilgan. Migrantlar turli mamlakatlardan kelmoqda, jumladan uruşdan qoçgan yuz minglab ukrainlar, şuningdek Hindiston va Afrikaning Sahroyi kabirdan janubdagi qismidan millionlab kişilar.

Kelayotgan migrantlar sonini qisqartiriş uçun mazkur mamlakatlar hukumatlari migratsiya siyosatini qat’iylaştirmoqda. Avstraliya, Buyuk Britaniya va Kanada «diplomlar fabrikalari»ni (özini oliy ta’lim muassasasi deb e’lon qiladigan va tölov evaziga ta’lim olganlik töğrisidagi soxta diplomlar beruvçi taşkilotlar — tahr.) yopmoqda, bunday taşkilotlar haqiqiy niyati mamlakatda işlaş uçun qoliş bölgan odamlarni qabul qiladi.

Bu yil Kanada öqiş uçun ruxsatnomalar miqdorini uç barobarga qisqartirişni ham rejalaştirgan. Boşqa mamlakatlar esa migrantlarga özi bilan oila a’zolarini olib keliş imkoniyatini qiyinlaştirmoqda, deya qayd etadi The Economist.

Iyun oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden Meksika bilan çegarani noqonuniy kesib ötgan migrantlarga boşpana berişni vaqtinça taqiqlagandi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron boşpana beriş rad etilganlarni deportatsiya qiliş jarayonini tezlaştirmoqçi. Şu kabi çoralar Germaniyada ham qabul qilinmoqda.

Bundan taşqari, oldinda «yanada qattiqroq çeklovlar ham bölişi mumkin», deya yozadi naşr. AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp saylanadigan taqdirda 7,5 millionga yaqin noqonuniy muhojirni deport qilişini aytgan.

Hozirning özidayoq migratsiya bumi «nihoyasiga yetişi mumkinligi» belgilari közga taşlanmoqda, deyilgan materialda. Kanadaga migratsiya oldingi pik davr bilan soliştirganda qariyb ikki barobarga qisqargan, Yangi Zelandiyada ham keskin pastlaş kuzatilgan. Badavlat mamlakatlarda iş örinlari oldingiga qaraganda kam bölmoqda, bu esa ehtimoliy migrantlar kelişi uçun stimulni yöqotmoqda, Ukrainadan qoçqinlar oqimi ham sustlaşgan.

Şuningdek, yangi aksilmigratsiya çoralari ham muhim rol öynamoqda, deb hisoblaydi The Economist. Sönggi ikki yilda Yevroittifoqda deportatsiya haqidagi qarorlardan keyin öz vataniga qaytarilgan uçinçi mamlakat fuqarolari soni 50 foizga oşgan. 2024 yilning birinçi çoragida Britaniyadan «majburan qaytarilganlar» ham ötgan yilning şu davri bilan soliştirganda 50 foizga ortgan. Yaqinda AQŞ janubiy çegaralarini noqonuniy kesib ötayotganlar soni sönggi uç yildagi eng past darajaga tuşgandi.

«Migratsiyaga qarşi ayrim çoralar, ayniqsa yoppasiga deportatsiya qiliş holatlari iqtisodiyotga ulkan zarar yetkazişi mumkin», — deya qayd etadi The Economist. Migratsiyani çeklaş işçi kuçi taqçilligini yuzaga keltirişi mumkin, boy mamlakatlar iqtisodiyoti 2021 va 2022 yillarda ham şunday muammodan aziyat çekkandi. Bu esa, öz navbatida aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot hajmi körsatkiçlarini kamaytiradi, deb ogohlantiradi naşr. Uzoq muddatli istiqbolda migratsiya işçi kuçlar ixtisoslaşuvini oşirişga ham imkon beradi.

The Economist uçinçi dunyo mamlakatlaridan keladiganlar köp hollarda jozibali bölmagan va kam haq tölanuvçi, şu bilan birga hayotiy muhim bölgan sohalar, xususan quriliş va soğliqni saqlaş sohalarida işlaşini qayd etadi. 2019 yildan 2023 yilga qadar AQŞ quriliş sohasidagi xorijliklar soni keskin kötarilgan. Norvegiyada soğliqni saqlaş sohasidagi xorijlik işçilar miqdori kovid pandemiyasi davridan buyon 20 foizga oşgan. Irlandiyada işlovçi, ammo boşqa mamlakatlarda öqigan şifokorlar soni 28 foizga ösgan. Xuddi şu davrda Britaniya Milliy soğliqni saqlaş xizmatida işlovçi xitoyliklar soni ikki barobar, keniyaliklar soni esa uç barobar köpaygan.

«Aholisi qariyotgan badavlat mamlakatlarga vaqt ötişi bilan köproq yoş va işlaşga tayyor xodimlar kerak böladi. Çunki pensiya yoşini keskin kötariş yoki soğliqni saqlaş tizimini qanday qilib yanada samarali qiliş haqida gapiradigan siyosatçilar topilmaydi. Mamlakatga yangi migrantlar kelişini çeklaş siyosatçilarga ma’lum vaqt davomida qöllovni oşirişga imkon bersa-da, iqtisodiy mantiq bunday pozitsiya oqibatlari dahşatli bölişini körsatadi», — deyilgan materialda.