AQŞ prezidenti Donald Tramp Ispaniyaning Seuta şahriga marokaşlik ön minglab migrantlar kirib kelganidan söng vujudga kelgan vaziyatni «dahşatli» deb atadi.

«Bu dahşatli», - dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

«Bu kadrlarni eslab qoling. Agar boşqa tomon ğalaba qozonadigan bölsa, uç yildan biz ham xuddi şunday vaziyatda qolamiz», - deya qöşimça qildi Tramp noyabrda AQŞda bölib ötadigan oraliq saylovlarni nazarda tutib.

Migratsiyaga qarşi kuraşni öz prezidentligining asosiy vazifalaridan biriga aylantirgan Tramp amerikaliklarni agar demokratlar kongress ustidan nazoratni qölga kiritişsa, «ular yaxşi yaşamasligi» haqida ogohlantirdi.

Mahalliy OAVning yozişiça, Oq uydagilar Seutadagi voqealarga «ultrasöl globalistik siyosat» olib borayotganlar javobgar ekanligini bildirmoqda.

Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sançes esa «odam savdosi bilan şuğullanuvçi mafiyaçi guruhlar»ni ayblagan.

Ispaniya içki işlar vazirligining bildirişiça, Ispaniyaga noqonuniy yöl bilan kirib kelganlarning 37 mingdan ziyodi Marokaşga qaytarilgan.