Kun.uzʼga ma’lum qilinişiça, 27 iyul kuni Rossiya poytaxti Moskva şahridagi quriliş maydonlaridan biriga kuçişlatar organlarning xodimlari kelib, öz işini davom ettirayotgan migrantlarni tahqirlagan. Tahririyat bilan gaplaşgan yurtdoşimizning aytişiça, ular hududga kelib, dastlab barça muhojir işçilarni bir joyga yiğgan. Ularning aksariyati özbek, qirğiz va tojiklar bölgan. Migrantlardan heç qanday hujjat söralmasdan, çökkalab yurişga majburlangan.
Söngra ularning hujjatlari tekşirilgan. Biroq çökkalab yurdirilganlarning hamma hujjati joyida edi, heç qanday sababsiz şunday buyruq berişdi. Taxminimizça, ular Rossiya federal migratsiya xizmati xodimlari edi, deydi Kun.uzʼga murojaat qilgan şaxs.
Uning qöşimça qilişiça, voqea kunduzi, işçilar öz işini odatiy davom ettirayotgan bir onda, soat 10:00-17:00 oraliğida röy bergan. Işçilarning hozir hamma hujjati joyida bölib, tahqirlanganidan norozi. Lekin ularni himoya qiluvçi biror organ yöq.
Bu rusça masxara qilişdan boşqa narsa emas, bizning biror aybimiz yöq edi-ku, deydi yurtdoşimiz ularga nisbatan munosabatdan noroziligini bildirarkan.
Eslatib ötamiz, ötgan yili Rossiya huquq-tartibot tuzilmalari Moskva va Sankt-Peterburgda reydlar ötkazib, migrantlarga qöpol munosabatda bölgan. Şuningdek, ular haqoratlangan, ularga nisbatan kuç işlatilgan.
Şundan söng Özbekiston TIV Rossiya TIVga nota yöllagandi. Bunga javoban esa Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Moskva Toşkentning notasidagi ma’lumotlarni diqqat bilan körib çiqayotgani, özbekistonlik hamkorlarning tegişli sörovi vakolatli organlarga yuborilişini ma’lum qilgan.













