NASA AQSh orbitasiga sun’iy yulduzni olib chiqadi
Olimlar ushbu missiya yulduzlar atrofida yashashga yaroqli zonalarni aniqlashga yordam beradi degan umidda.

Foto: Wikimedia
NASA o‘n yillik yakuniga qadar AQSh uzra sun’iy yulduzni uchirishni rejalashtirmoqda. Astronom Arlo Landolt nomi bilan atalgan «Landolt missiyasi» 2029 yilda Yerdan 35,7 ming km uzoqlikdagi orbitaga sun’iy yulduzni chiqaradi.
Florida universiteti astronomiya kafedrasi dotsenti Jyeymi Tayyar so‘zlariga ko‘ra, maqsad — boshqa yulduzlar atrofida aylanib yuruvchi sayyoralarda hayot paydo bo‘lishi va mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan okeanlar bor yoki yo‘qligini aniqlashdir.
Sun’iy CubeSat yulduzi bir yil davomida Qo‘shma Shtatlar ustidagi orbitada parvoz qiladi. G‘oya shundan iboratki, «yulduz» bir qancha fotonlarni Yerdagi teleskoplarga yo‘naltiradi. Bu yerda astronomlar sun’iy yulduzni o‘zlarini qiziqtiradigan kosmik obekt yaqinida kuzatadilar, bu esa uning yorqinligini baholashga imkon beradi.
«Landolt missiyasi» bizga millionlab yulduzlarning yorqinligini qayta baholash imkonini beradi. Bunday o‘lchovlarga faqat fizik foton oqimi aniq ma’lum bo‘lgan kosmik orbitadagi sun’iy yulduz yordamida erishish mumkin. Shuning uchun «Landolt missiyasi» bizga qorong‘u energiya parametrlarini aniqlashtirish, boshqa sayyoralardagi hayot imkoniyatini baholash va yulduzlar evolyutsiyasi bo‘yicha fundamental cheklovlarni ilgari surish imkonini beradi», deb tushuntirdi Piter Plavchan, Jorj Meyson universitetining fizika va astronomiya kafedrasi dotsenti.
«Bu missiya yulduzlar atrofida yashashga yaroqli zonalarni aniqlashga yordam beradi, degan umiddamiz, asosiy maqsad hayotni o‘z ichiga olgan boshqa sayyorani topishdir», deb qo‘shimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

23:45 / 13.04.2025
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi

17:51 / 03.04.2025
NASA YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashish xavfini yuqori baholadi

01:07 / 03.04.2025
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi

08:40 / 28.03.2025