“NASA’ning Reaktiv harakatlar laboratoriyasi qoşidagi Yerga yaqin obektlarni örganiş markazi mutaxassislari Webb ma’lumotlari va yerdagi teleskoplardan olingan kuzatuvlarga asoslanib, 2024 YR4 asteroidining Oy bilan töqnaşuvi ehtimolini fevral oyi oxiridagi 1,7 foizdan 3,8 foizgaça kötardi”, — deyiladi NASA bayonotida.

Agentlik ta’kidlaşiça, asteroidning Oyga tegmaslik ehtimoli hamon 96,2 foizni taşkil etmoqda. 

Şuningdek, NASA asteroid ölçami haqidagi ma’lumotlarni yangiladi: agentlik ma’lumotlariga köra, u 53-67 metrga yetadi, bu taxminan 10 qavatli bino balandligiga teng.

Qayd etilişiça, aprel oyidan söng asteroidni yerdagi teleskoplar orqali kuzatiş qiyin bölib qoladi. Biroq şunga qaramay Webb teleskopi yordamida 2025 yil may oyida ham asteroidni kuzatiş rejalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, NASA mutaxassislari 2024 yil 27 dekabrida Çilidagi ATLAS teleskopi yordamida diametri 54 metr bölgan 2024 YR4 asteroidini aniqlagandi.