Kathmandu Post naşri yozişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, samolyot qulagan joyda 18 kişining jasadi topilgan.
Sinov parvozini amalga oşirgan samolyotda Saurya Airlines aviakompaniyasining 17 nafar texnik xodimi hamda ekipajning ikki a’zosi bölgan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida uçiş-qöniş yölagidan havoga kötarilişidan köp ötmay qulagan. U Pokxaraga uçib borişi kerak edi.
Internetda e’lon qilingan videokadrlarda samolyot qulaganidan keyin olov va tutun içida qolganini köriş mumkin. Hodisadan keyin voqea joyiga öt öçiriş maşinalari va tez yordam karetalari yöllangan.
Qutqaruvçilar xarobalar orasidan kemaning 37 yoşli kapitanini tirik holda olib çiqişgan va u şifoxonaga olib ketilgan.
Aviakompaniya saytiga köra, u parvozlar ekspluatatsiyasi böyiça direktor ham sanaladi.
Politsiya vakili Dan Bahadur Karki BBC Nepal xizmatiga odamlar halokatini tasdiqlagan va uçuvçi jarohatlar bilan davolanişda ekanini qöşimça qilgan.

Meropradesh naşri esa aviakompaniyaga asoslangan holda bortda 19 xodim bölgani va ulardan 15 nafari halok bölib, tört nafari omon qolganini xabar qilgan.
Kompaniya saytiga köra, Saruya Airlines Nepaldagi beş yönaliş böyiça reyslarni amalga oşiradi, uning parkida Bombardier CRJ-200 rusumli uçta samolyot mavjud.
ABC Nepal naşri aniqlik kiritişiça, qulagan layner — Bombardier CRJ 200 bölib, u Pokharaga texnik xizmat körsatiş uçun olib ketilayotgandi. Nepal Khabar samolyotning seriya raqamini keltirgan — 9N AME-CRJ-200. OAVdagi ma’lumotlarga qaraganda, kompaniya uni 2017 yilda xarid qilgan, samolyot 50 örinli bölgan.

Nepal bunga qadar ham parvozlar xavfsizligi darajasi pastligi tufayli bir neça bor tanqid qilingandi.
2023 yil yanvarida Yeti Airlines aviakompaniyasi samolyoti qulab tuşişi oqibatida kamida 72 kişi halok bölgandi, keyinroq halokatga uçuvçilar xatosi sabab bölgani aniqlangan.












