Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Ukraina hukumatidan uşbu mamlakatda öq-dorilar işlab çiqaruvçi zavod quriş böyiça buyurtma oldi. Bu haqda 24 iyul, çorşanba kuni Dyusseldorfdagi Yevropaning eng yirik öq-dori işlab çiqaruvçi korxonasi ma’lum qildi.
Yiliga minglab öq-dorilar
Işlab çiqariş uçun zarur bölgan maşina va uskunalar yaqin vaqt içida yetkazib beriladi, deyiladi xabarda. Zavodni qurişning aniq qiymati oşkor etilmagan, biroq buyurtma hajmi bir neça yuz million yevroni taşkil etişi körsatilgan. Işlab çiqariş 24 oy içida boşlanişi rejalaştirilgan.
Yaqin kelajakda taşkil etiladigan «Ukraina öq-dorilar böyiça ilğor tajriba markazi» (Ukrainian Competence Center for Ammunition) deb nomlangan qöşma korxona yiliga minglab, asosan, 155 mm kalibrli artilleriya öqlarini işlab çiqarişi kerak.
Hamkorlar Ukrainada quriladigan işlab çiqariş zavodini birgalikda işlatişni rejalaştirmoqda. Şu bilan birga, Rheinmetall qöşma korxona aksiyalarining 51 foiziga, ukrainaliklar esa 49 foizga egalik qiladi.
Ukrainada Rheinmetall zavodini quriş qarori fevralda e’lon qilingan
«Biz va hamkorimiz öq-dorilar böyiça Ukraina markazini yaratmoqdamiz», dedi Rheinmetall boş direktori Armin Papperger. Fevral oyi örtalarida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Rheinmetall va Ukraina örtasida qöşma korxona yaratiş böyiça özaro anglaşuv memorandumi imzolangan edi.
2023 yil oktyabr oyida Rheinmetall transportlarga texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş bilan şuğullanadigan Ukrainaning «Ukroboronprom» davlat konserni bilan birinçi qöşma korxonasini taşkil etdi.












