Joriy yilning 25 iyul kuni soat 00:30 larda Mirobod tumani Şahrisabz köçasi 38-uy qarşisida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, haydovçi, 2005 yilda tuğilgan A.K. Lacetti rusumli avtomaşinasini boşqarib ketayotib, rul boşqaruvini yöqotib, yöl çetidagi beton ustunga töqnaşgan.
YTH oqibatida haydovçi va yölovçisi, 2006 yilda tuğilgan X.X. olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Şuningdek, avtomaşina içida bölgan yana 3 nafar yölovçilar: 2006 yilda tuğilgan A.I., 2005 yilda tuğilgan Z.I. va 2005 yilda tuğilgan D.K. turli darajadagi jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.












