Rossiyada xorijiy işçilarni uyuşgan holda işga qabul qiliş tizimini (orgnabor) joriy etiş rejalaştirilmoqda. Tajribaning birinçi bosqiçi 2027-yil 1-martdan, ikkinçisi esa 2029-yil 1-yanvardan keyin boşlanişi kutilmoqda. Hozirça gap loyiha haqida ketmoqda, şu bois yakuniy muddatlar va qoidalar qabul qilinadigan qonunga boğliq böladi.

Yangi tizimga köra, çet elliklar zarur xodimlar soni, ularning lavozimi va yollaş şartlarini oldindan körsatgan aniq bir iş beruvçining qölida işlaş uçun keladi. Amaldagi ruxsat beruvçi hujjatlar örniga iş beruvçilar va xodimlarning elektron reyestrlaridan foydalaniş rejalaştirilmoqda.

Tajriba Moskva şahri va Moskva viloyatidan taşqari butun Rossiyani qamrab olişi kerak. Ayrim toifadagi çet elliklar, jumladan, Belarus fuqarolari va yuqori malakali mutaxassislar yangi tartibdan ozod etilişi kutilmoqda.

Qirğiziston va Qozoğiston fuqarolari hozir Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo boşqa davlatlar fuqarolari kabi Rossiyada patentsiz va işlaş ruxsatnomasisiz mehnat qilişi mumkin. Loyihaning özi bu huquqlarni bekor qilmaydi. Biroq ularning yangi reyestrda röyxatdan ötişi talab etiladimi-yöqmi, degan masala qonunning yakuniy matni bilan tartibga solinişi kerak. Tuzatişlarning avvalgi variantlaridan birida YEOII fuqarolarini xodimlar reyestriga kiritganlik uçun davlat bojidan ozod qiliş közda tutilgan edi.

Uyuşgan tanlovda iştirok etiş uçun iş beruvçi Rossiya IIV reyestrida röyxatdan ötişi va vazirlik qoşidagi «Pasport-viza xizmati» orqali talabnoma topşirişi kerak böladi. Unda xodimlar soni, iş joyi va yollaş şartlari körsatilişi lozim. Mehnat şartnomasini bir yilga tuziş rejalaştirilmoqda va uning şartlari, jumladan, iş jadvali ham talabnomaga mos kelişi kerak. Şuningdek, iş haqi va ijtimoiy kafolatlarni özgartiriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Iş beruvçilarga xodimlarni genom böyiça röyxatga oliş xarajatlarini tölaş va zarurat tuğilganda, ularni deportatsiya qiliş böyiça davlat xarajatlarini qoplaş majburiyati yuklatilişi mumkin. Kompaniya 15 nafardan ortiq çet ellikni işga yollasa, ularni mehnat şartnomasi amal qiliş muddati davomida uy-joy bilan taʼminlaşi şart böladi. Jismoniy şaxslar uçun esa yollanma migrantlar sonini beş nafardan oşirmaslik böyiça çeklov örnatiş taklif etilmoqda.

Çet ellik işçilar tizimda röyxatdan ötişi, uç yil muddatga identifikatsiya kartasini olişi va tibbiy körikdan ötişi lozim böladi. Hujjatlarni rasmiylaştiriş vaqtida ularni «migratsiya mehmonxonalari» deb ataluvçi joylarga joylaştiriş rejalaştirilgan. Bunda kartaning uç yillik amal qiliş muddati mehnat şartnomasi ham uç yilga tuzilişini anglatmaydi.