SRI 26-oktabrda eʼlon qilgan bayonotga köra, zavodga öt qöyişga uriniş 14-sentabrda sodir bölgan. Ruminiya razvedkasi tarmoq Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan bevosita boşqarilganini daʼvo qilmoqda.
Reuters keltirgan bayonotda aytilişiça, Rossiyadagi muvofiqlaştiruvçilar guruhga mintaqadagi nişonlarning keng röyxatini bergan. Ular orasida davlat va xususiy qurol işlab çiqariş korxonalari, şuningdek, harbiy va sanoat ahamiyatiga ega boşqa obyektlar bölgan.
Agentlik Rossiyaning Buxarestdagi elçixonasidan tezkor izoh ola olmagan. Moskva avval ham şunga öxşaş ayblovlarni bir neça bor rad etgan.
Ikki gumondor Germaniyada uşlangan
Ruminiyaning Știri telekanali maʼlumotiga köra, gumondorlarning ikki nafari Germaniyada öxşaş diversiyalarga tayyorgarlik körayotgan paytda qölga olingan. Uçinçisi Polşada qidirilmoqda.
Buxarest ularni Ruminiyaga ekstraditsiya qilişga erişişga harakat qilmoqda.
Ruminiya taşqi işlar vaziri Dan Nikolayesku Braşovdagi hodisani Yevropada mudofaa sanoatiga qarşi qaratilgan kengroq diversiya kampaniyasining bir qismi deb atagan, deb xabar berdi AFP.
Mamlakat prezidenti Nikuşor Dan ham avvalroq Ruminiyani Rossiya olib borayotgan gibrid uruş nişonlaridan biri sifatida taʼriflagan. Uning fikriça, bunday harakatlar Ukrainani qöllab-quvvatlayotgan davlatlarda vaziyatni beqarorlaştirişga qaratilgan.
Yollaş oddiy topşiriqlardan boşlanadi
SRI maʼlumotiga köra, bunday harakatlar uçun ijroçilar odatda ijtimoiy tarmoqlar orqali yollanadi. Dastlab ularga pul evaziga bezarar körinadigan vazifalar - muayyan obyektni kuzatiş yoki suratga oliş taklif qilinadi.
Keyinçalik topşiriqlar oğirlaşib, vandalizm, öt qöyiş yoki hatto qotillik kabi jinoyatlarni qamrab olişi mumkin, deyiladi razvedka bayonotida.
Yevropadagi boşqa hodisalar bilan boğliq daʼvolar
The Wall Street Journal 20-oktabrda AQŞ maxsus xizmatlari xulosalari bilan taniş uç nafar yevropalik amaldorga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO davlatlariga qarşi diversiyalarni kuçaytiriş haqida şaxsan topşiriq berganini yozgan edi.

















