Qora dengizning Ruminiya sohillari yaqinidagi qismida tanker dron hujumiga uçraşi oqibatida ekipajning 12 nafar aʼzosidan 7 nafari bedarak yöqoldi.

San-Marino bayroği ostida suzgan Wine Trader nomli kema 15-oktabr kuni ertalabki soat 7 atrofida halokat signalini yuborgan. Bortda jami 12 kişi bölgan. Şundan beş nafari qutqarilgan, qolganlar bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Öşa tunda Qora dengizda yana bir kemada – Komor orllari bayroği ostida suzgan, kimyoviy mahsulotlar taşişga möljallangan Yara J nomli tankerda ham yonğin çiqqan. Jabrlanganlar yöq, ekipaj yonğinni mustaqil tarzda öçirişning uddasidan çiqqan.

Reuters maʼlumotiga köra, hujumga uçragan vaqtida ikki kema ham Ruminiya sohillari yaqinida langar taşlab turgandi, ammo mahalliy rasmiylar hozirça bortdagi yonğinlarni Rossiya dronlari hujumi bilan boğlamayapti.

Naşr qayd etişiça, sönggi ön kun içida Ruminiya va Bolgariya sohillari yaqinida kamida beşta yuk kemasi dronlar hujumiga uçragan. Uşbu hujumlarning barçasi NATO hududiy suvlaridan taşqarida amalga oşirilgan va jami 23 nafar dengizçi ölimiga sabab bölgan.