Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov öz farmoni bilan zamonaviy qirğiz davlatçiligining asosçi-otalari röyxatini tasdiqladi.

Röyxatga beş kişi kiritilgan:

- Işenali Arabayev (1882-1933), pedagog, qirğiz maktablari uçun birinçi darslik «Qirğiz alippesi» («Qirğiz alifbosi») muallifi, qirğiz tilidagi birinçi gazeta «Erkin-Too» muharriri, «Manas» dostonini yiğiş va yozib oliş guruhi rahbari;

- Imonali Aydarbekov (1884-1938), Qoraqirğiz inqilobiy qömitasi rahbari (1924-1925), Qirğiziston ASSR Boş sudi raisi (1927-1929), keyinçalik Yengil sanoat va savdo xalq komissari;

- Abdiqodir Örozbekov (1889-1938), çor armiyasiga çaqirilişga qarşi Örta Osiyo qözğoloni iştirokçisi (1916), Qirğiziston ASSR / Qirğiziston SSR Markaziy Ijro Qömitasi prezidiumi raisi (1927-1937);

- Abdikarim Sidiqov (1889-1938), qirğizlar tarixi va nasl-nasabiga oid asarlar muallifi. 1916 yilgi Örta Osiyo qözğolonini bostirişda körsatgan yordami uçun 3-darajali Muqaddas Stanislav ordeni bilan mukofotlangan. U qirğiz xalqining avtonom davlatçiligini yaratiş ğoyasini ilgari surganlardan biri böldi. 1922 yil dekabrda u SSSR taşkil etilgan sovetlarning ta’sis qurultoyida yagona qirğiz delegati edi;

- Yusup Abdrahmonov (1901-1938). 1920 yillar boşida u Abdikarim Sidiqov, Işenali Arabayev va boşqalar bilan birgalikda Turkiston Respublikasi tarkibida Toğli ölka taşkil etiş taklifini ilgari surdi. 26 yoşida Qirğiziston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tayinlangan.

«Aynan ular XX asrdagi yangi davlatçilikning negizida turib, qirğiz xalqi öz tili, madaniyati va tarixi bilan Markaziy mintaqadagi boşqa xalqlar bilan teng asosda öz davlatini yaratişga haqli ekanligini işonçli isbotladi», deyiladi prezident farmonida.

Qayd etilişiça, uşbu şaxslarga «Asosçi otalar» unvonining berilişi mamlakatning boşqa atoqli davlat va siyosiy arboblarining vatan oldidagi xizmatlarini umuman kamsitmaydi.

Farmon Qoraqirğiz avtonom viloyati taşkil topganining 100 yilligiga (1924 yil 14 oktyabr) bağişlangan.

Asosçi-otalar röyxatiga kiritilganlarning barçasi 1930 yillarda qatağonga uçragan. Işenali Arabayev 1933 yilda qamoqda vafot etgan. Qolganlari 1938 yilda otib taşlangan. 1950 yillarda ularning barçasi oqlangan.