Rossiyaning Ukrainaga hujumi boşlanganidan keyin va 2024 yilning birinçi yarmi oxirigaça 57 mamlakatdan 494 ta kompaniya AQŞ tomonidan ikkilamçi sanksiyalarga duçor böldi. Bu haqda 26 iyul, juma kuni «Vedomosti» gazetasi Rossiya xalqaro işlar böyiça kengaşi (RXIK) direktori Ivan Timofeyev ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Naşr ta’kidlaganidek, ikkilamçi sanksiyalar holatlari yarmidan köpi AQŞ Moliya vazirligining eksport nazorati ostidagi elektronika va sanoat tovarlari hamda uskunalarini yetkazib beriş bilan boğliq. Ikkinçi sabab - kompaniyaning ilgari sanksiyalar qöllangan jismoniy yoki yuridik şaxslar bilan aloqasi: jamğarmalar, trastlar, holding yoki boşqaruv kompaniyalari. Şuningdek, dastlabki beşta sabab orasida logistika kompaniyalari va mudofaa sohasida hamkorlik qiliş holatlari, jumladan, uçuvçisiz tizimlar va sun’iy yöldoş tasvirlarini yetkazib beriş bor.
Ikkilamçi sanksiyalar obektlarining geografiyasi
«Kompaniyalarning aksariyati Moskvaga nisbatan çeklovlar kiritmagan «döstona» mamlakatlarga tegişli», deb yozadi «Vedomosti». Naşr ma’lumotlariga köra, ularning sanksiyalangan şaxslar röyxatidagi uluşi 378 ta yuridik şaxs yoki 76,5 foizni taşkil etadi. Qolgan 116 ta «zarar körgan yuridik şaxslar» «döst bölmagan» mamlakatlarda yoki Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöygan davlatlarda röyxatga olingan. Rossiya «döst bölmagan»lar röyxatiga Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati, Britaniya, Şveytsariya, Norvegiya, AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boşqa nisbatan kiçik mamlakatlarni kiritgan.
Ikkilamçi sanksiyalarga duçor bölgan kompaniyalarning aksariyati Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari, Turkiya, Kipr va Şveytsariyadan. Şu bilan birga, sobiq SSSR mamlakatlari orasida bunday yuridik şaxslar unçalik köp emas: masalan, Qirğizistonda 10 ta kompaniya, Moldovada - 8, Belarusda - 7, Qozoğistonda - 4, Armanistonda - 3, Ozarboyjonda - 2, Gurjiston va Tojikistonda - bitta. Şunisi e’tiborga loyiqki, Rossiya bilan savdo aylanmasi muntazam ösib borayotgan «döstona» Hindistonda AQŞning ikkilamçi sanksiyalariga duçor bölgan faqat ikkita kompaniya röyxatga olingan.
AQŞ Rossiya va boşqa mamlakatlardagi 300 ta firmaga qarşi sanksiyalar kiritdi
Qöşma Ştatlar 12 iyun kuni Rossiyaning Ukrainadagi uruşiga qarşi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Moskvaga joriy qilingan çeklovlarni çetlab ötişga yordam beradigan yana 33 kişi, 300 ga yaqin kompaniya va taşkilotlar qora röyxatga kiritilgan. Çeklovlarga duçor bölgan yuridik şaxslar orasida Xitoy, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Bolgariya, Serbiya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Belarus va Britaniya Virjiniya orollari kompaniyalari bor, deyiladi AQŞ Moliya vazirligi xabarida.












