«AQŞ soliq tölovçilarining gardaniga yangi hisoblar osiş örniga, Ukrainaga Rossiya ustidan ğalaba qozonişi uçun qurol-yaroğ sotib olişiga qança pul kerak bölsa şunça qarz olişga qöyib beringlar», — deb yozgan Pompeo The Wall Street Journal naşrida, Trampning Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça rejasi qanday bölişi mumkinligini tuşuntira turib.
Sobiq davlat kotibi Tramp Moskva bilan bölajak kelişuvning şartlarini aniqlaştirib oliş maqsadida Rossiyaga qarşi “real” sanksiyalar joriy etişi ham mumkin degan. Pompeoning sözlariga köra, bu holda heç kim Donbass va Qrimning Rossiyaga qöşilganini tan olmaydi.
«Xuddi biz Boltiqböyining SSSRga qöşilganini, GDRni 1974 yilgaça tan olmaganimiz singari», — degan Pompeo.
Bunday yondaşuvning amalga oşirilişi natijasida jangovar harakatlar töxtaydi, Ukraina mudofaa kuçlarini oşirib oladi, degan sobiq mulozim. Şundan söng mamlakat “AQŞ soliq tölovçilarining dollarlari hisobiga emas, Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan reparatsiyalar” hisobiga tiklana boşlaydi. Öz navbatida, Rossiyadan xalqaro sanksiyalar Ukraina NATOga va Yevropa Ittifoqiga qabul qilinganidan söng olib taşlanadi, deya muxtasar qilgan Pompeo.












