Fransiyada temiryöllarda öt qöyiş sodir etilgan qator hujumlardan uç kun ötib, mamlakat telekommunikatsiya tarmoqlariga hujum uyuştirildi. Fransiyaning bir qança hududlarida 29 iyul, duşanba kuni noma’lum şaxslar bir neçta aloqa operatorlarining optik tolali tarmoqlariga zarar yetkazdi. Fransiya hukumatining raqamli texnologiyalar böyiça davlat kotibi Marina Ferrari ijtimoiy tarmoqlarda qator departamentlarda fransuz telekommunikatsiya kompaniyalariga zarar yetkazilganini bildirdi.
Uning sözlariga köra, hujumçilarning harakatlari internetga optik tolali, şuningdek, statsionar va mobil telefon aloqalari orqali kiriş böyiça «mahalliy oqibatlarga olib keladi». «Men bu qörqoq va mas’uliyatsiz harakatlarini qattiq qoralayman», - dedi Ferrari va şikastlangan obektlarni tiklayotgan mutaxassislarga minnatdorçilik bildirdi.
Fransiya matbuotiga köra, Fransiyaning 101 departamentidan oltitasida zarar qayd etilgan, Olimpiya öyinlari ötkazilayotgan Parijga esa zarar yetmagan. Fransiya janubida, Parij yaqinidagi Uaza va Lyuksemburg bilan çegara yaqinidagi Myoz departamentlarida duşanbaga ötar keçasi kabellar uzilib, fransuz telekommunikatsiya kompaniyalari SFR, Free hamda Bouygues Telecom’ga tegişli qurilmalar buzib taşlandi, deb xabar berdi Le Parisien gazetasi va BFM TV telekanali. Zarar miqdori hozirça noma’lum, tergov boşlandi. Biroq, yangi voqealar va uç kun oldin temiryölda sodir etilgan qöporuvçilik örtasida boğliqlik bor-yöqligi hozirça aniq emas.
Fransiya hukumati söllarni temiryöllarda qöporuvçilik uyuştirganlikda gumon qilmoqda
Ayni vaqtda, Fransiya hukumati 26 iyul kuni Olimpiada oçilişi kunida tezyurar temiryöllarga uyuştirilgan hujumlarda söl qanot ekstremistik kuçlar vakillarini gumon qilmoqda. «Biz bir neça kişining profilini aniqladik», dedi Fransiya içki işlar vaziri Jyerald Darmanen France 2 telekanalida. Uning sözlariga köra, hujumçilar iş uslubi ular öta söl guruhlarga mansubligini körsatadi.
Ayni paytda Fransiyada temiryöl harakati töliq tiklandi, dedi transport vaziri Patris Vergriyet RTL telekanaliga. Barça poyezdlar öz yönalişlarida odatdagi jadvaliga muvofiq harakatlanyapti. Bundan taşqari, 800 ming yölovçi temiryölda qöporuvçilikdan jabr körgani qayd etilgan.
Fransiya şimolida gumondor qölga olindi
Ommaviy axborot vositalari, şuningdek, Fransiya şimolida temiryöl operatorining texnik binolari kalitlari, asboblar va siyosiy adabiyotlarga ega bölgan şaxs temiryöl vokzallaridan biri hududida hibsga olingani haqida xabar berdi. Le Figaro gazetasining yozişiça, gap öta söl faol haqida ketmoqda. Parij prokuraturasining aniqlik kiritişiça, bu hibsga oliş temiryölda öt qöyiş bilan boğliq tergovga aloqador emas. Diversiya işi böyiça hozirça hibsga olinganlar yöq.
26 iyul kuni Fransiyaning tezyurar temiryöl tarmoğiga öt qöyilişi oqibatida zarar körgan hududlardagi poyezdlarning 30 foizga yaqini qatnovini bekor qilişga majbur böldi. Fransiya şimoliy, ğarbiy va şarqida poyezdlar harakatining deyarli uçdan bir qismi bekor qilingan. Bundan taşqari, London va Parij örtasidagi Eurostar tezyurar poyezdlarining taxminan çorak qismi işlamagan. Kuzatuvçilarga köra, Parijdagi Olimpiada oçilişiga bir neça soat qolganida Fransiyada deyarli butun tezyurar temiryöl tarmoği işlamay qolgan.












