Parijdagi Olimpiadada ayol şpagaçilar turniri hongkonglik May Van Vivian Kongning ğolibligi bilan yakunlandi. Endi uşbu sportçi vatanida katta mukofotga ega böladi — 6 million Hongkong dollari (768 500 AQŞ dollari - ön milliard sömga yaqin). Hongkonglik atletlarga medallar uçun Olimpiada iştirokçilari orasidagi eng yirik mukofot pullari va’da qilingan. Xitoyning avtonom hududi hisoblanadigan Hongkong Xalqaro olimpiya qömitasining mustaqil a’zosi hisoblanadi va aholisi rasman Xitoy fuqarolari bölsa-da, Olimpiadada öz jamoasi bilan iştirok etadi.
Vivian Kong finalda fransiyalik Oryan Mayo-Breton bilan bellaşdi, mezbon mamlakat kumuş medal uçun ança kamroq mablağ ajratgan — 42 980 dollar. Uşbu yönalişda bronza olgan vengriyalik Ester Muhari ham undan ikki barobar köproq pulga ega böladi — 88 ming dollar.
Ayollar örtasidagi şpaga böyiça bahslar finali Parij olimpiadasidagi eng aql bovar qilmas syujyetlardan birini taqdim etdi. Vivian Kong jahonning birinçi raqamli şpagaçisi hisoblanadi, u turnirga jahon reytingini boşqarayotgan holda keldi. Lekin final davomida mezbonlar vakilidan 1:7 hisobida ortda qolayotgandi, ikkinçi bölimda ham hisob Mallo-Breton foydasiga 9:6 körinişida edi, ammo yakuniy bölimda hisob 12:12 ga aylandi va öyin overtaymlarga ötdi. Hal qiluvçi bölim boşlanganidan 30 soniya ötgaç esa hongkonglik sportçi aniq zarba berib, prezident Makron boşçiligidagi mahalliy muxlislarni şok holatga tuşirdi.

Mamlakatlarning mukofot pullari nafaqat hukumatning Olimpiadaga qiziqişi, balki medal uçun imkoniyatlardan kelib çiqib belgilanadi. Sportçilari köp medallarni qölga kiritmaydigan mamlakatlarda taqdirlaş yuqoriroq böladi.
Hongkong Parijdagi Olimpiada iştirokçilari orasidagi eng saxiy mamlakat. Hongkong sport instituti ğoliblik uçun 768 500 dollar, kumuş va bronza medallar uçun — mos ravişda 384 ming va 192 ming dollardan tölab beradi. Jamoaviy bahslardagi medallar uçun mukofot köproq: birinçi örin uçun bir yarim million dollardan köproq, ikkinçi va uçinçi örinlar uçun mos ravişda 768 va 384 ming dollardan beriladi.
Uşbu mamlakat vakillari pastroq natijalar uçun ham quruq qöyilmaydi: törtinçi örin uçun yakkalik bahslarda 96 ming, jamoaviy bahslarda 192 ming dollar mukofot közda tutilgan. Beşinçidan sakkizinçi öringa qadar — individual va jamoaviy bahslardagi natijalar uçun mos ravişda 48 va 96 ming dollardan ajratilgan.
Bunday yuqori tölovlar bejiz emas — Hongkong Olimpiya öyinlarida tez-tez medal olmaydi. 2021 yil Tokio Olimpiadasida uşu jamoa vakillari jami oltita medal olgan (bitta oltin, ikkita kumuş va uçta bronza), 2016 yilda biror sportçisi şohsupaga kötarilmagan.
Hongkong yozgi Olimpiadalarda 1952 yildan buyon iştirok etib keladi, faqat 1980 yildagi öyinlarda biror vakili bölmagan. Vivian Kongning medali jami hisobda 10-medal böldi, u öz mamlakatining Olimpiadalarda oltin medal qölga kiritgan uçinçi vakili böldi. Uning ğalabasidan biroz ötib mamlakatdagi eng yirik temiryöllar korporatsiyasi u temiryöl transporti xizmatlaridan umrbod bepul foydalanişi mumkinligini ma’lum qildi.
- Olimpiadaning törtinçi kuniga kelib hongkongliklar tarixdagi eng yaxşi natijasini yaxşilab böldi, 30 iyul kun qiliçbozlik böyiça bahslarda Tokiodagi yagona oltin medal egasi Çung Ka Long navbatdagi oltin medalni qölga kiritdi, şuningdek suziş böyiça bahslarda Hugey Siobhan Bernadette bronza medal oldi.

Parijdagi öyinlarda eng saxiy jamoalar uçligidagi qolgan ikki jamoa ham Osiyo vakillari — Singapur (oltin uçun 737 ming dollar) va Tayvan (720 ming dollar). Singapurliklar yozgi Öyinlarda 1948 yildan buyon iştirok etib keladi va şu vaqtgaça jami beşta medal olgan (faqat bittasi oltin), tayvanliklar esa — 1956 yildan iştirokini boşlagan va şu vaqtgaça 36 medalga ega çiqqan (yettitasi oltin).
Bu ikki jamoa hozirça Parijda medallar hisobini oçmadi.













