Qirğiziston va Tojikiston davlat çegarasi bahsli uçastkalarining 94 foizi böyiça kelişib oldi. Bu haqda «Kabar» axborot agentligi Qirğiziston prezidenti ma’muriyatining axborot siyosati xizmatiga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, ikki davlat hukumat delegatsiyalarining topografik işçi guruhlari va huquqiy masalalar böyiça işçi guruhlari navbatdagi muzokaralari avgust oyida Botken şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Uçraşuv davomida tomonlar bahsli hududlarning qolgan 6 foizini muhokama qiladi.
Qirğiz-tojik davlat çegarasining umumiy uzunligi 972 kilometrni taşkil qiladi.












