Italiya soliq politsiyasi «Monako» basketbol klubi prezidenti va Rossiyaning «Dinamo» futbol klubi sobiq xöjayini Aleksey Fedoriçevga tegişli bölgan Florensiyada 12-asrda qurilgan Torre del Gallo qasrini xatlovga oldi. Bu haqda 29 iyul kuni Corriere Fiorentino gazetasi xabar berdi. 

Bundan taşqari, yana bir qança köçmas mulk obektlari va tadbirkorning aksiyalari xatlovga olingan. Umuman olganda, Fedoriçevning 41 million yevro miqdoridagi aktivlari musodara qilindi, deb xabar beradi Reuters. Xatlovga oliş tadbirkorni korrupsiya, firibgarlik va pul yuvişda gumon qilayotgan Ukraina korrupsiyaga qarşi prokuraturasi talabiga binoan amalga oşirilgan. 

Ukrainadan daromad va Florensiyada köçmas mulk

Italiya prokuraturasiga köra, Fedoriçev Ukrainada noqonuniy yöllar bilan olingan daromadni qayta investitsiya qilgan va Florensiya tresti orqali Florensiyada yirik köçmas mulk majmuasiga egalik qilgan. Ukraina Xavfsizlik xizmati Fedoriçevga qarşi tergov harakatlarini 2016 yilda boşlagan. 

Fedoriçev logistika, yuk taşiş va tovar savdosi böyiça jahon yetakçisi - Fedcom Group raisi va asosçisi, deb yozadi Reuters. 1994 yildan u Monakoda istiqomat qiladi, 2022 yilning yanvaridan esa Fransiyaning «Monako» basketbol klubi prezidenti. 2006 yilda Forbes jurnali Fedoriçevni 450 million dollar boyligi bilan Rossiyaning eng boy tadbirkorlari röyxatiga kiritdi.