26 iyuldan boşlab, Farğona viloyati bojxona boşqarmasining «Farğona» çegara bojxona posti hamda Şohimardonga kiriş qismida joylaşgan «Oq-qiya» bojxona punkti tun-kun işlaş rejimiga ötkazildi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Şohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar özbek-qirğiz çegarasidagi uşbu ikkita bojxona obektlari orqali istalgan vaqtda harakatlaniş imkoniyatiga ega.

Ta’kidlanişiça, mazkur yangilik prezident Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning 2024 yil 18 iyul kuni Toşkent şahridagi uçraşuvida erişilgan kelişuvlar doirasida amalga oşdi.