Diyora Keldiyorova Özbekiston tarixida yozgi Olimpiya öyinlarida oltin medal yutgan ilk ayol sportçiga aylandi. Delegatsiyamizning Parijdagi medallari hisobini oçgan 26 yoşli dzyudoçi çempionlikkaça öz vazn toifasida jahonning eng kuçli atletlarini mağlub etib, Fransiyada Özbekiston madhiyasi yangraşiga sabab böldi. Şohsupada közyoşini tiya olmagan Diyoraning Olimpiada çempionligigaça bosib ötgan yöli oson keçmagan.
Oddiy oilaning tirişqoq qizi
Diyora Keldiyorova 1998 yilning 13 iyul kuni Samarqand viloyati, Past Darğom tumani Pölatçi mahallasida oddiy oilada tavallud topgan. Sportga kirib kelişiga uning katta buvisi sababçi bölgan. Onaxon nevarasining bolaligidan kuraş bilan oşno tutinişini istar, Diyoraning kelajakda yaxşi sportçi bölib yetişini orzu qilgan. Bu haqda uning ikkinçi buvisi şunday eslaydi:
«Nevaram juda kiçkina tuğilgandi. Nimjonroq edi, 1,8 kg vaznda tuğilgan. Öşa paytdayoq katta buvisi “nimjon deyapsizlar, hali körasizlar özim buni çempion qildiraman”, derdi. Diyoraning özi ham bolaligidan juda tirişqoq qiz edi. Kitob öqişga qiziqardi, saharlab uyğonib, mol, qöylarni boqib kelardi. Qiz nevaralar bölsayam, rahmatli bobosi futbolga olib çiqardi, katta buvisi esa tatami örniga hovlida körpaçani ikki qavat qilib töşab, nevaralarini kuraştirardi», - deya xotirlaydi ikkinçi buvisi.
Maktabdagi voqea
«Diyorani 5-6 yoşidan katta buvisi kuraş tögaragiga olib borgan. Şundan qizimning sportga mehri uyğondi. Qaynonam nevaralarini yoşligidan Samarqandga, Toşkentga musobaqalarga olib borardilar. Xurşida Xoliqova dzyudodagi birinçi ustozi sanaladi. Diyora bolaligidan Navröz sayillarida ham gilamga çiqib, kuraşardi.
Heç yodimdan çiqmaydi, adaşmasam 5-sinf edi. Özimizdagi 28-maktab ixtisoslaşgan edi. 4-sinfdan keyin pulli bölardi. Oyligimiz yetmagani uçun qizimni 21-maktabga köçirgandik. Köp ötmay, öqituvçisi qönğiroq qilib, men bilan otasi maktabga kelişimizni aytdi. Borib bilsak, u qaysidir öğil bola sinfdoşini qölini sindirgan ekan. Şokka tuşganmiz.
Aslida esa qizim yangi maktabdan kelgani uçun bölsa kerak, şöxroq bölgan öğil bolalar uni turtgan ekan. Birinçi kun indamagan, ikkinçi kun ogohlantirgan, uçinçi martasiga esa qizim öşa bolalardan ikkitasini ağdarib, partaning ostiga yiqitgan. Şunda ulardan birining qöli singan. Şundan keyin unga boşqa indaşmagan», - deya eslaydi onasi Dilorom opa.
Fizika va matematika böyiça Olimpiada ğolibi
Qahramonimiz oila a’zolarining aytişiça, Diyora yoşligidan nafaqat sport bilan yaxşi şuğullangan, balki öqişini ham a’lo baholarda davom ettirgan. U maktabdagi öqişi davomida bir neça marta fizika va matematika fanidan tuman Olimpiadasi ğolibiga aylanib, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
«Rahmatli buvijonisi nevaralarga nisbatan juda talabçan va qattiqqöl edilar. Ularning yaxşi öqişini, sport bilan muntazam şuğullanişini doim ta’kidlagan. Diyora uydagi yumuşlardan böş paytida sport bilan şuğullanardi, kitob öqirdi. Maktabda ham yaxşi ta’lim olib, Past Darğom tumani böyiça fizika va matematika fanidan Olimpiada ğolibiga aylangan. Ingliz, arab tillarini özi örgangan. U yoşligidan öqişi va sportni bir maromda uşlaşga harakat qilardi», - deydi Olimpiada çempionining ikkinçi buvisi.
Dzyudodagi ilk qadamlar va birinçi çempionlik
Diyora Keldiyorovaning muvaffaqiyatlarida uning birinçi murabbiyi Xurşida Xoliqovaning ham xizmatlari beqiyos. Olimpiada çempionining birinçi ustozi qahramonimizning katta sportdagi ilk qadamlarini şunday eslaydi:
«Diyora dzyudo tögaragiga kelganida 6 yoşda edi. Rahmatli buvisi olib kelgandilar. Bolaligidan uning juda tirişqoq, harakatçan, izlanuvçan ekani köringan. Yaxşi eslayman, u birinçi marta 2010 yil 23 kg vaznda musobaqada iştirok etib, dzyudo böyiça Özbekiston çempioni bölgan edi. Şundan keyin esa turnirlarda közga taşlanib, boşqa vaznlarda ösmirlar, yoşlar örtasidagi nufuzli musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritdi. Öz ustida tinmay işlab, orzusiga yetişiş uçun borini berdi va Olimpiada çempioniga aylanib, barçamizning yuzimizni yoruğ qildi», - deydi unga dzyudoning ilk sir-asrorlarini örgatgan Xurşida Xoliqova.

«Abeni yutgaç, qizim qolgan bahslarni ham yutişiga işongandim»
Çempion onasi qizining Parij-2024dagi ilk bahsi oldidan qönğiroq qilgani va ğoliblikdan keyingi taassurotlari haqida gapirdi.
«Qizim Parij-2024dagi birinçi bahsiga çiqişidan avval qönğiroq qilganida, dalada sigirimiz uçun beda örişga çiqqandim. Şoşib qoldik öşa payt. Dadasi velosipedda yuradi, “siz tezroq borib televizorni yoqing”, dedim. Özim ham Abega qarşi jangi boşlanişigaça uyga qaytişga ulgurdim. Oçiğini aytsam, aynan şu yapon qizidan qörqqandim. Çunki uni köpdan beri bilaman, u 4 yil birinçilikni heç kimga bermay kelayotgandi. Abeni yutgaç, juda xursand böldik. Çunki uni yutgaç, qizim qolgan bahslarni yutişiga işongandim. Finalni uyimizda, qarindoşlar, qöşnilar, tumanimiz hokimi bilan birga tomoşa qildik.

Diyora çempion bölgaç, uxlaganimiz yöq desam ham böladi. Umrimizda minmagan maşinalarda bizni Juma şahridagi Mustaqillik maydoniga olib borişdi. Keç bölişiga qaramay, bayram dasturi böldi, mazza qilib öynadik. Hokim bobo “sizning davringiz keldi, öynang” dedilar. Bir kunning özida katta xursandçiliklar bölib ketdi. Bu ğalaba butun Özbekistonniki», - deydi Diyoraning onasi Dilorom opa Şaripova.
«Men körmasam ham, el körsa böldi» – onaxonning vasiyati
Diyoraning bugungi ulkan ğalabasiga tamal toşini qöygan inson uning rahmatli katta buvisi sanaladi. Bölajak Olimpiada çempionini 6 yoşida qölidan uşlab, dzyudoga yetaklagan onaxon nevarasining olamşumul ğalabalarini körmagan bölsa-da, uning özi istaganidek buni el kördi.
Rahmatli buvi qiz nevaralarini sportga yetaklab borganlarida, mahallada, qarindoşlar orasida kuraş qiz bolaga töğri kelmaydi, deya onaxonni fikridan qaytarmoqçi bölganlar kam emasdi. Ammo nevaralarining avvalo soğlom bölişi, çempionlikka erişişini orzu qilgan onaxonning orzusi amalga oşdi.
«Rahmatli qaynonam 63 yoşda oğir betob bölib qolganida ham, nevaralarining sport bilan şuğullanişni kanda qilmasligini uqtirardi. Uning vasiyati «Diyoraga sportda yordam beringlar, qöllab-quvvatlanglar, özi yakkalanib qolmasin», degandi. «Men körmasam ham, el körsin» derdi.

Diyora faoliyatidagi eng katta yutuqlarni qölga kiritişga yaqin qolganda hayotidagi eng yaqin insonlardan bölgan buvisini yöqotadi. Nimjon nevarasini kuçli sportçi qilib tarbiyalagan onaxon 2014 yilning dekabrida vafot etgaç, Diyora 2015 yilning yozida 17 yoşda ilk marta kadetlar örtasida jahon çempionligini qölga kiritgan.
«Bobosi va buvisining Diyoraning töyini va bugungi çempionligini körmagani armonimiz...», - deydi Olimpiada çempionining onasi.
Uning yutuqlarini buvisi körmagani armoni ekanini Diyoraning özi bir neça marta aytgan.
«Bu medal – rahmatli buvijonimniki!»
«Olimpiadada oltin medal yutganimga hali ham işonolmayapman. Tokio Olimpiadasida saralaş bosqiçida turnirni tark etganimdan keyin 3 yil uxlay olmadim, desam ham böladi. Çunki öşa mağlubiyat juda alamli bölgandi. Allohga şukur, Özi yuzimni yoruğ qildi. Şu kungaça meni qöllab-quvvatlab kelgan ota-onamga, turmuş örtoğimga, murabbiylarimga, meni duo qilib turganlarga va barçaga minnatdorçilik bildirib qolaman. Olimp çöqqisini zabt etdim, juda baxtiyorman.

Bu oltin medal – buvijonimniki! Meni dzyudoga yetaklab borgan rahmatli katta buvijonim bu kunlarni körmadilar. Bu yutuğimni tepadan körib, qöllab-quvvatlaganini his qildim. Ikkinçi buvim va bobom ham doim qöllab-quvvatlab, meni duo qilib turibdilar. Ulardan ham minnatdorman. Ularning duolarisiz bu natijaga erişa olmasdim», - deydi Diyora Keldiyorova çempionlikdan söng bergan intervyusida.

Dzyudoçilar oilasi
Qahramonimiz Parijda çempionlikni qölga kiritgaç, uning turmuş örtoği quvonçini yaşira olmay, «bizga ham nasib qilsin», deya e’lon qilgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda eng köp tomoşa qilingan videolardan biriga aylandi.

Diyoraning turmuş örtoği ham dzyudoçi ekanini köpçilik bilmas edi. Diyora va Azamat Matyoqubov Özbekiston dzyudo jamoasi safida birga maşğulotlarda qatnab, tanişişgan. Yoşlar bir-biriga köngil qöygaç, xorazmlik yigit samarqandlik qizga sovçi jönatib, roziligini oladi. Şu tariqa, 2022 yilgi Islom birdamligi öyinlaridan söng Diyora Keldiyorova Azamat Matyoqubovga turmuşga çiqqan. Diyoraning sportdagi yutuqlarida Azamatning ham hissasi katta – Parij-2024 Olimpiadasigaça birgalikda maşğulotlar ötab, tayyorgarlik körişgan. -66kg vazn toifasidagi 28 yoşli dzyudoçi Diyoraga umr yöldoşi böliş bilan birga zarur paytda murabbiy sifatida ham yordam beradi. Baxtiyor sportçilar oilasida kelajakda yurt bayroğini köklarga kötaradigan farzandlar tarbiya topişiga işonçimiz komil.

Diyora Keldiyorovaning faoliyatidagi yutuqlar:
Nankin-2013. Yoşlar örtasidagi Osiyo Öyinlari bronza medali sohibi (-44 kg);
Kadetlar örtasidagi jahon çempionati-2015 oltin medali sohibi (-48 kg);
Ösmirlar örtasidagi Osiyo çempionati-2018 bronza medali sohibi (-48 kg);
Osiyo çempionati ğolibi (-52 kg) – 2019 va 2022 yillar;
Osiyo Öyinlari ğolibi (-52 kg) – 2023 yil;
Jahon çempionati kumuş medali sohibi (-52 kg) – 2023 va 2024 yillar;
Katta dubulğa turniri 5 karra ğolibi (-52kg) – 2021, 2022 (2 marta), 2023 va 2024 yillar;

Davlat mukofotlari:
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, «Kelajak bunyodkori» medali va «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni sohibi.
U.Ibodov tayyorladi.












