2001 yil 11 sentabrda AQŞda sodir etilgan teraktlarning asosiy taşkilotçisi sifatida körilayotgan Xolid Şayx Muhammad va yana ikki ayblanuvçi öz aybini tan olmoqçi va kelişuvga erişmoqçi. Bu haqda 31 iyul, çorşanba kuni AQŞ Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Kelişuv tafsilotlari oşkor etilmagan. Amerika matbuoti xabarlariga köra, bu ayblanuvçiga ölim jazosidan qoçiş imkonini beradi.

Tergovçilarga köra, Xolid Şayx Muhammad hujumlarni rejalaştirgan, şuningdek, aloqa va hujumni moliyalaştirişni muvofiqlaştirgan. U 2003 yilda Pokistonda qölga olingan. AQŞ Senati hisobotiga köra, u söroq paytida Markaziy razvedka boşqarmasi xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan. 2006 yilda Kubadagi Guantanamo AQŞ harbiy-dengiz bazasi qamoqxonasiga köçirildi va şu kungaça u yerda qolmoqda. Xolid Şayx Muhammad harbiy tribunal oldida javob berişi kerak edi, biroq bu jarayon köp yillardan beri qoldirilyapti.

2001 yilda AQŞga terrorçilik hujumi

2001 yil 11 sentabrdagi terakt - AQŞ tarixidagi eng yirigi, unda 3000 ga yaqin kişi halok bölgan. Terrorçilar öğirlab ketilgan uçta yölovçi samolyotini Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi va Vaşington yaqinidagi Pentagon binosiga olib borib urgan. Törtinçi samolyot Pensilvaniyada halokatga uçragan.

Guantanamo qamoqxonasi 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin AQŞ prezidenti Jorj Buş davrida terrorçilikda gumon qilinganlarni sudsiz uşlab turiş uçun taşkil etilgan. Uning eng "gavjum" paytida u yerda 800 ga yaqin odam bor edi. Inson huquqlari guruhlari uzoq vaqtdan beri lagerni yopişga çaqirib kelişgan, biroq oz sonli mahbuslar hamon u yerda saqlanmoqda.