ABC News translatsiyasiga köra, Rossiya bilan almaşuv doirasida ozod etilganlarni Gerşkoviç, Kurmaşeva hamda Uilanning qarindoşlari, şuningdek AQŞ prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Harris kutib olişgan.
«Men uydaman», — degan Gerşkoviç samolyot oldida kutib turgan The Wall Street Journal naşridagi hamkasblariga.
Jo Bayden bu lahzalarni uzoq kutganini aytgan. «Buni uddalay olişimizga işonçim komil edi», — degan AQŞ prezidenti.
Bayden ularning uçalasi bilan ham quçoqlab körişgan, Gerşkoviç esa prezident va vitse-prezident bilan körişganidan keyin onasining oldiga borib, uni kötarib olgan.




Oq uy ma’muriyati almaşuv iştirokçilari hali samolyotda ekanida almaştirilayotgan mahbuslarning öz oila a’zolari bilan ötkazgan telefon muloqoti videosini ham e’lon qildi.
«Men şunçaki munosib sözlarni topa olmayapman, qamoqxonada ölişimga amin edim. Bölayotgan işlarga işona olmayapman. Sening ovozingni eşitiş örniga hamon Omskda kameramda uxlayotgandekman», — degan öz qiziga Vladimir Kara-Murza.
U şuningdek prezident Baydenga murojaat qilgan: «Aytişni istardimki, siz katta işni bajardingiz, juda köp odamlar hayotini qutqardingiz. Menimça, bu samolyotda 16 kişimiz. <...> Men şunçaki aytişni istardimki, bu dunyoda insonlar hayotini qutqarişdan muhimroq işlar bor deb öylamayman».
- Evan Gerşkoviç, Alsu Kurmaşeva va Pol Uilan 1 avgust kuni Rossiya va Ğarb mamlakatlari örtasidagi almaşuv doirasida ozod etildi. Almaşuvda Rossiya 16 kişini qöyib yuborgan va sakkiz fuqarosini qaytarib olgan. Rossiyaga qaytganlar orasida FXX zobiti, Germaniyada sobiq çeçen qömondonini öldirgani uçun umrbod qamalgan Vadim Krasikov, şuningdek Sloveniyada josuslik uçun qamalgan Rossiya agentlari Artyom va Anna Dulsevalar ham bor.









