Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko AQŞ prezidentining maxsus vakili Jon Koul bilan muzokaralardan söng 25 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi. Bu haqda amerikalik mulozim özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi. U Vaşington Minsk bilan munosabatlarni yölga qöyiş böyiça işlarni davom ettirişini taʼkidladi va kelajakda boşqa siyosiy mahbuslarni ham ozod qilişga erişişga vaʼda berdi.
Minskda Lukaşenko bilan uçraşuv çoğida Koul Belarus qamoqxonalaridan 25 nafar siyosiy mahbusni ozod qiliş evaziga «Lakokraska» va «Bellesbumprom» kompaniyalaridan sanksiyalarni olib taşlaşni taklif qildi. Keyinçalik, 16-sentabrda u X tarmoğida şunday yozdi:
«Bugun 25 mahbus ozod qilindi! Prezident Trampning diplomatiyaga sodiqligi öz samarasini bermoqda. Rahmat, prezident Lukaşenko, bu qadam uçun, va Litvadagi döstlarimizga qöllab-quvvatlagani uçun rahmat. Biz AQŞ-Belarus munosabatlarini yaxşilaşda davom etamiz va yaqin kelajakda köproq odamlarni ozod qilişni taʼminlaş ustida işlayapmiz. Biz hali tugatganimiz yöq!»
«Zerkalo» naşrining taʼkidlaşiça, ozod etilganlar orasida tut.by naşri boş direktori Lyudmila Çekina, «Art Syadzіby» va Symbal.by milliy ramzlar va suvenirlar dökoni asosçisi Pavel Belous, jurnalist va media-menejer Andrey Aleksandrov, siyosatşunos Tatyana Kuzina, «BelaPAN» axborot agentligi direktori Dmitriy Novojilov, jurnalist Kirill Poznyak va uning qizi Yanina Poznyak, noşir Dmitriy Kolos va boşqalar bor.
Koulning Lukaşenko bilan muzokaralari maxsus vakilning Belarus hukumati bilan birinçi aloqasi emas edi: avvalroq u Lukaşenkoni AQŞga taklif qilib, Tramp unga hurmat bilan munosabatda ekanini va jahon yetakçilari orasidagi döstlari qatorida tilga olişini aytgan edi.

















