Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQŞni mamlakat içki işlariga aralaşmaslikka çaqirdi.
Poytaxt Karakasdagi Miraflores prezidentlik saroyi balkonidan tarafdorlariga murojaat qilgan Maduro AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning sözlariga javob qaytardi.
Maduro Venesuela suveren davlat ekanligini va xalqning irodasi saylovlarda namoyon bölişini ta’kidladi.
«AQŞ Venesuelada yana bir prezident borligini aytmoqda. AQŞ Venesuelaning içki işlariga burnini tiqmasligi kerak», - dedi prezident.
Maduro, şuningdek, AQŞni Haiti va Ekvadordagi ssenariyni Venesuelada takrorlaşga urinayotganlikda aybladi.
«Deyarli 85 foiz - Kolumbiya, Peru, Çili va Texasdan muhojirlar. Biz köplab davlat töntarişlarini kördik, lekin bunday xususiyatga ega jinoyatçilarning katta tuzoq qöyganini heç qaçon körmaganmiz. Bular yangi avlod tödalari. Ular Venesuelani tödalar bölgan Haiti va Ekvadorga aylantirmoqçi», deb ta’kidladi Venesuela rahbari.
Davlat rahbari Milliy saylov kengaşi (CNE) tomonidan e’lon qilingan saylov natijalariga e’tiroz bildirmoqçi bölgan barça nomzodlarni öz protokollarini CNE va Venesuela Oliy sudiga (TSJ) taqdim etişga çaqirdi.
Uning sözlariga köra, CNE va TSJ tomonidan protokollarni örganib çiqqandan keyin qabul qilingan qarorlar hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.
Maduro bu muassasalarga öz protokollarini ham taqdim etişini aytdi.












