Ukraina 1 avgust, payşanbadan taşqi qarzlar böyiça tölovlarni vaqtinça töxtatdi, deb xabar bermoqda Reuters. Bir kun avval mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy bunday tölovlarni 2024 yil 1 oktyabrgaça töxtatib turiş imkonini beruvçi tegişli qonunni imzolagan edi. Qarzlar böyiça birinçi tölov ham 1 avgustda tölanişi kerak edi.

Oliy rada budjet qömitasi rahbari Roksolana Pidlasning sözlariga köra, prezident tomonidan imzolangan qonun loyihasi «restrukturizatsiyaning muhim elementi bölib, 2027 yil oxirigaça suveren yevrobondlarga xizmat körsatiş va tölaş uçun tölovlardan 10 milliard dollardan ortiq mablağni tejaş imkonini beradi». Şu bilan birga, uning ta’kidlaşiça, Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) «muntazam ravişda uşbu qonun loyihasini qöllab-quvvatlagan». 

Iyul oxirida Ukraina kreditorlar bilan qarzni qayta tuziş böyiça kelişib oldi 

22 iyul, duşanba kuni Ukraina boş vaziri Denis Şmixal mamlakat Ukrainaning yevroobligatsiyalar egalari qömitasi bilan taşqi qarz bir qismini restrukturizatsiya qiliş böyiça «prinsipial kelişuvlarga» erişganini aytdi. Uning sözlariga köra, bu qadam mamlakatga uni saqlaş uçun uç yil davomida 11,4 milliard AQŞ dollarini, 2033 yilgaça esa 22,75 milliard dollarni tejaş imkonini beradi. Böşatilgan resurslar, xususan, mudofaa, ijtimoiy himoya va Ukrainani qayta tiklaşga yönaltiriladi, dedi Şmixal. 

Mamlakat Moliya vazirligi aniqlik kiritişiça, restrukturizatsiya 23,4 milliard dollarlik davlat obligatsiyalariga tegişli. U yakunlangaç, yevroobligatsiyalarning tölov muddati uzaytiriladi: 1,172 milliard dollar miqdoridagi birinçi tölov 2029 yilda amalga oşiriladi. Vazirlik ta’kidlaşiça, qayta tuzişsiz 9,381 milliard dollarlik qarzning asosiy summasi 2024 va 2029 yillar oraliğida tölanişi kerak edi. 

Bloomberg ma’lumotlariga köra, Ukraina yevrobondlari egalari qömitasiga birgalikda qimmatli qoğozlarning taxminan 25 foiziga egalik qiladigan investorlar kiradi. Ular 8,67 milliard dollarlik da’volaridan voz keçişdi. Barça yevrobond egalarining kamida uçdan ikki qismi bitimni tasdiqlaşi kerak. 

Qarzning umumiy miqdori qança?

Rossiyaning keng miqyosli hujumi boşlanganidan beri Ukraina davlat qarzi keskin oşdi. Agar 2022 yil boşiga kelib u 98 milliard dollarga (91,5 milliard yevro) baholangan bölsa, 2023 yil oxirida deyarli 141 milliard dollargaça ösdi. XVJ hisob-kitoblariga köra, joriy yil oxiriga borib Ukraina davlat qarzi mamlakat yalpi içki mahsulotining 100 foizidan oşişi mumkin, deb yozadi RBK.