Meksika körfazining Florida bilan çegaradoş hududlariga halokatli suv toşqinini yuzaga keltirişi mumkin bölgn «Debbi» töfoni yopirildi. Töfonlarni kuzatiş milliy markazi ma’lumotlariga köra, 4 avgust kuni keçasi töfon darajasi birinçi toifaga qadar kuçaygan va 5 avgust tongida Steynxatçi hududiga yetib kelgan.

Prognozlarga köra, töfon sekin-astalik bilan ştat böylab harakatlanadi, şamol tezligi soatiga 80 milni (128 kilometr), şimol tomonda esa yoğingarçilik 30 dyuymni (76 santimetr) taşkil etmoqda. Hisob böyiça mavsumning törtinçi töfoni Jorjiya va Janubiy Karolinani ham suv ostida qoldiradi.

Töfonlarni kuzatiş milliy markazi direktori örinbosari Jyeymi Roumining sözlariga ta’kidlaşiça, töfonning sekinlik bilan kuçayib borişi rekord darajadagi yoğingarçilikni yuzaga keltiradi.

Hozirda töfonning kuçli şamollari Florida aholisiga ta’sir körsatmoqda: PowerOutage ma’lumotlariga köra, şaharda 204 mingga yaqin xonadon va korxonalar elektr energiyasisiz qolgan. «Debbi» Floridani kesib ötiş paytida keskin sekinlaşadi, çunki uni yönaltirayotgan şamol oqimi atmosferada deyarli yöqolib ketadi. Natijada töfon tropik şamol körinişida Atlantika uzra aylanib yuradi.

Kuçli yoğingarçilik tufayli qator hududlarda suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkinligi aytilmoqda. Töfon yaqinlaşişi arafasida Florida gubernatori Ron Desantis ştatdagi 67 ta okrugdan 61 tasida favqulodda holat e’lon qildi. Şuningdek, u boşqa ştatlardagi kommunal xizmatlar brigadalari ham töfondan keyin elektr energiyasini qayta tiklaşga yordam berişga tayyorligini aytdi.

Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boşqarmasi prognozlarida keltirilişiça, 2024 yil davomida 25 tagaça kuçli şamol kuzatilişi mumkin. Ularning 13 tasida esa töfonga aylaniş xavfi mavjud. Taxminlarga köra, iqlim özgarişi şu kabi sekin harakatlanadigan töfonlarning paydo böliş ehmolini oşirmoqda.