AQŞning janubi-şarqiy sohillariga yopirilgan «Debbi» böroni oqibatida kamida tört kişi halok böldi.
Florida ştatining Tampa şahridagi 75-şosseda yuk maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, halok böldi, deya xabar beradi Milliy meteorologiya xizmati (NWS).
Ştat rasmiylari, şuningdek, yöl-transport hodisasida ayol va 12 yoşli bola hayotdan köz yumgani, köçma uy ustiga daraxt qulaşi oqibatida esa bir yigit halok bölgani haqida ham xabar berdi.
Böronlarni kuzatiş milliy markazi ma’lumotlariga köra, «Debbi» tropik böron darajasiga çiqqan va Florida ştatidagi Steynxatçi şahri yaqiniga soatiga 80 milya (taxminan 130 kilometr) tezlikda yopirilgan.
Florida rasmiylari ştatning markaziy qismida keng kölamli suv toşqinlari haqida xabar bermoqda. Kuçli şamol daraxtlar va elektr ustunlarini qulatib, 250 mingdan ortiq odamni elektr ta’minotidan mahrum qildi.
NWS ta’kidlaşiça, mamlakat janubi-şarqining ayrim qismlarida «bir neça kun davomida böronlar, kuçli yoğingarçilik va suv toşqini kutilmoqda».
Bundan taşqari, FlightAware reyslarni kuzatiş sayti ma’lumotlariga köra, keça 1700 dan ortiq reyslar bekor qilingan va 5800 dan ortiq reys keçiktirilgan.












