AQŞ Pentagonning Eron va uning ittifoqçilari ehtimoliy hujumlariga qarşi Isroilni qöllab-quvvatlaş harakatlari doirasida Yaqin Şarqqa qöşimça qöşin yubordi. Önga yaqin F/A-18 qiruvçi samolyotlari AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy bazasiga USS Theodore Roosevelt aviataşuvçi kemasidan uçib ketdi, deb xabar berdi AP axborot agentligi 7 avgust, çorşanbaga ötar keçasi AQŞning nomi oşkor etilmagan rasmiy vakiliga tayanib. 

Qiruvçi samolyotlar, şuningdek, E-2D Hawkeye razvedka samolyoti Ummon körfazida joylaşgan aviataşuvçi kemani tark etdi va 5 avgust kuni nomi oşkor etilmagan bazaga yetib keldi, deya ta’kidlanadi qöşimça ravişda. 

Pentagon Eron tahdidlari fonida çora köryapti

Avvalroq AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron tahdidlari munosabati bilan mintaqadagi öz qöşinlarini, şuningdek, Isroilni himoya qiliş uçun Yaqin Şarqdagi kuçlarni kuçaytirişni buyurgan edi. «Qöşma Ştatlar mintaqadagi xodimlarimiz va manfaatlarimizni, jumladan, Isroilni himoya qiliş böyiça qat’iy majburiyatimizni himoya qiladi», - deya xabar berdi Pentagon. 

Xususan, hozirda Yaqin Şarqda joylaştirilgan aviataşuvçi zarba beruvçi guruhni almaştiriş rejalaştirilgan: USS Abraham Lincoln AQŞning mintaqadagi mavjudligini ballistik raketalarga qarşi mudofaa kreyserlari va esminetslari bilan töldirib, USS Theodore Roosevelt örnini egallaydi. Bundan taşqari, «mudofaani qöllab-quvvatlaş imkoniyatlarini» oşiriş uçun Yaqin Şarqqa qöşimça yerusti raketalarga qarşi mudofaa va qöşimça qiruvçi eskadrilya joylaştirilişi mumkin.

«Uşbu holatni özgartirişlar AQŞ harbiylari mintaqada qöllab-quvvatlayotgan imkoniyatlarning keng doirasini, jumladan, Örta Yer dengizi şarqida faoliyat yuritayotgan USS WASP’dagi dengiz piyoda askarlari desant guruhini töldiradi», - deya tuşuntirdi Pentagon. Bu çoralar «AQŞning turli kutilmagan vaziyatlarga javob berişga tayyorligini ta’minlaş»ga qaratilgan.

HAMAS yetakçilarining ölimidan söng keskinlaşuv xavfi 

Isroilning ikki muhim raqibi – Bayrutda «Hizbulloh» rahbari Fuad Şukr va Tehronda HAMAS yetakçisi Ismoil Haniya öldirilganidan keyin Yaqin Şarqdagi keskinlik jiddiy kuçaydi. Bir qator aviakompaniyalar Isroilga reyslarni bekor qildi, çunki mamlakat Eron va Livanning ehtimoliy javob harakatlariga tayyorlanmoqda. Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) 1 avgust kuni HAMAS harbiy yetakçisi Muhammad Deyfning ölganini tasdiqladi. 

HAMAS ham Haniyaning ölimi haqida xabar berib, hujumda Isroil va AQŞni aybladi. HAMASning yuqori martabali rasmiysi qotillik «javobsiz qolmasligini» aytdi, deb xabar beradi AFP. 

Bu voqealardan oldin Livandan «Hizbulloh»ning futbol stadioniga raketa hujumi natijasida Jölan tepaliklaridagi Majdal Şams qişloğida kamida 12 bola va ösmir halok bölgan edi.