Gruziya prezidenti Salome Zurabişvili hozirda qamoqda saqlanayotgan mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilini afv etişi mumkin. Bu haqda Gruziya parlamenti spikeri Şalva Papuaşvili ma’lum qildi.
«Salome Zurabişvili Mixail Saakaşvili tufayli lavozimda qoldi… Ular zarur deb topganda… Zurabişvili afv etiş böyiça hujjatni çiqaradi», — deydi Papuaşvili.
U 2023 yil iyunda kamomad böyiça ayblangan «Mtavari arxi» telekanali asosçisi va «Rustavi 2» telekompaniyasi sobiq boş direktori Nikoloz Gvaramiya afv etilganini eslatib ötgan. Gvaramiya Saakaşvili davrida adliya va ta’lim vaziri edi. U sobiq prezident 2021 yilda Ukrainadan Gruziyaga qaytganida advokatlik qilgan — öşanda Saakaşvili bir neçta jinoiy işlarda ayblanib hibsga olingan edi.
Papuaşvilining ma’lum qilişiça, Zurabişvili uçun Saakaşvilini ham afv etiş «qiyinçilik tuğdirmaydi». Gvaramiya bilan boğliq vaziyatda prezident taşqaridan, xususan, Yevropa Ittifoqi bosimi ostida afv etiş böyiça qaror qabul qilgan.
Saakaşvili 2004 yildan 2013 yilga qadar mamlakatni boşqargan, keyin esa Gruziyadan çiqib ketgandi. Unga nisbatan bir neçta, jumladan, budjet mablağlarini talon-toroj qiliş, hokimiyatni suiiste’mol qiliş va parlamentariyni kaltaklaş böyiça jinoiy iş oçilgan; u fuqarolikdan ham mahrum etilgandi.
Şundan söng Saakaşvili Ukraina fuqaroligini olgan. 2015-2016 yillar davomida Odessa administratsiyasida faoliyat yuritdi, biroq 2017 yilda Ukrainaning öşa vaqtdagi prezidenti Pyotr Poroşenko uni fuqarolikdan mahrum etdi. Ukrainaning yangi yetakçisi Vladimir Zelenskiy 2019 yilda Saakaşviliga yana fuqarolik berdi.
2021 yil kuzida Saakaşvili munitsipal saylovlar arafasi Gruziyaga qaytdi va fuqarolarni namoyişlarga çiqişga çorladi. Siyosatçi qölga olinib, tergov izolyatoriga yuborildi, şuningdek, unga yangi ayblov e’lon qilindi — çegarani noqonuniy kesib ötiş.
Hibsga olinganidan keyin u bir neça bor oçlik e’lon qildi, uning soğliği yomonlaşgani töğrisida xabarlar berildi. 2023 yilda Tbilisi sudi Saakaşvilini soğliğidagi muammolar tufayli ozod qilişni rad etdi.











