Daniya boş vaziri Mette Frederiksen iyun oyida Kopenhagenda hujumga uçragan edi. DR telekompaniyasining ma’lum qilişiça, siyosatçiga hujum qilgan 39 yoşli polyak javobgarlikka tortilgan.

Qonuniy çeklovlar tufayli ismi oşkor etilmagan erkak tört oy muddatga ozodlikdan mahrum etiladi va 6 yilga Daniyadan deporatatsiya qilinadi.

7 iyun kuni boş vazir Mette Frederiksenni Daniya poytaxtida noma’lum erkak «urib yuborgan». Voqeadan boş vazirning özi ham hayratda qolgan, hujum qilgan şaxs esa qölga olingandi.

Federiksen Daniya Sotsial-demokratlar partiyasi yetakçisi bölib, u 2019 yildan beri boş vazir lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen hujum «Yevropada biz işonadigan va kuraşadigan barça narsaga zid bölgan jirkanç akt» ekanini aytgandi.

Avvalroq Germaniyada boşqa siyosatçilar ham hujumga uçragan edi. Xususan, may oyi boşida Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) a’zosi, Berlindagi iqtisodiy senator Fransiska Giffay va Drezdenda ismi oşkor etilmagan siyosatçi bir kunda hujumga uçragan.

15 may kuni Slovakiya boş vaziri Robert Fitso bir neça bor öq uzilişi oqibatida yaralangan edi. Suiqasdda gumonlanuvçi — 71 yoşli slovak yozuvçisi Yuray Tsintula. U öz harakatini hukumat siyosatidan norozi ekani bilan izohladi. 31 may kuni Fitso kasalxonadan çiqdi.