Moskvaning Çeryomuşkino tuman sudi Moscow Calling Telegram-kanali ma’muri Andrey Kurşinga ayblov hukmi çiqardi. Donbassdagi jangovar harakatlarda qatnaşgan Kurşin Rossiya Qurolli kuçlari haqida «feyklar» tarqatganlikda aybdor deb topilib, olti yarim yilga umumiy rejimli koloniyaga hukm qilindi, deb xabar berdi çorşanba, 7 avgust kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati.
Bundan taşqari, blogerga tört yilga veb-saytlarni boşqariş taqiqlangan. Ayblov 7 yil qamoq jazosini söradi. Kurşin sud zalida hibsga olindi, deb yozadi "Mediazona".
Ta’qib qilişga sabab - ikkita xabar
Kurşinga qarşi jinoiy iş uning ön minglab obunaçilarga ega bölgan harbiy blogida Rossiya Kriviy Rix şahriga va Zaporijjya viloyatining Volnyanskiy tumani markaziy mintaqaviy klinik kasalxonasi tuğuruq bölimiga qilingan hujumi haqidagi ikki xabardan söng oçilgan. U 2023 yil avgust oyi oxirida qölga olingan va uy qamoğiga joylaştirilgan. 2024 yil yanvar oyida Andrey Kurşin «xorijiy agentlar» reyestriga kiritilgan.
Andrey Kurşin 2014 yildan beri bir neça yil «DXR» tarafida jang qilgan. Keyinçalik uning pozitsiyasi biroz özgardi, u Telegram-kanalida Ukrainaga qarşi uruşning radikal tarafdorlari va taniqli Z-blogerlarni tanqid qildi, deb yozadi "Mediazona". BBC rus xizmatining ta’kidlaşiça, 2022 yil bahorida Moscow Calling rus qöşinlarining Buçadagi jinoyatlari haqida ma’lumot çop etgan kam sonli vatanparvar bloglardan biri bölgan.




