Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuçlarining Moskvadan 500 km uzoqlikdagi Kursk viloyati bilan çegarani kesib ötganini «keng kölamli provokatsiya» deb baholadi. Davlat rahbari 7 avgust, çorşanba kuni hukumat a’zolari bilan bölib ötgan yiğilişda nutq sözladi. Keyin huquqni muhofaza qiluvçi idoralar rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazdi. Unda mudofaa vaziri Andrey Belousov, Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Sergey Şoygu va Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov iştirok etdi. Hisobotni Qurolli kuçlar Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov taqdim etdi.
Kursk viloyatida Ukraina Qurolli kuçlarining olğa siljişi
Gerasimov sözlariga köra, Kursk viloyatining Sudjanskiy tumani hududi bir qismini egallab oliş uçun oldinga çiqqan Ukraina harbiy kuçlari soni «ming kişigaça» bölgan.
«Duşmanning yöqotişlari 315 kişini taşkil etdi, şu jumladan kamida 100 kişi halok böldi va 215 ta zirhli texnika, 7 ta tank yöq qilindi», dedi u. Gerasimov sözlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlarining Kursk yönalişi böyiça Rossiyaga çuqur kirib borişi «töxtatilgan».
Materialni çop etiş vaqtida Rossiya tomonining bayonotlarini tekşiriş imkoni yöq. Ukraina Qurolli kuçlari vakillari hozirça bu bayonotga izoh bermagan.
OAV: Rossiya gazini ötkaziş odatdagidek davom etmoqda
Ayni paytda, Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bölgan "Rybar" Telegram-kanali Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalari Sudjaning ğarbiy çekka hududlariga kirib, şahar janubiga qarab ilgarilab ketganini da’vo qilmoqda. Bundan taşqari, uning versiyasiga köra, Ukraina Qurolli kuçlarining ilğor zirhli guruhi Korenevo çegaralariga yetib borgan. Gaz Yevropaga ötadigan "Sudja" gaz ölçaş stansiyasi ham qölga olindi, deb yozadi "Rybar". Bu ma’lumot hali rasman tasdiqlanmagan.
Reuters agentligi Ukraina tranzit operatoriga tayanib xabar berişiça, Rossiya tabiiy gazining Ukraina orqali ötişi odatdagidek davom etmoqda – töqnaşuvlar haqidagi xabarlarga qaramay.
Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnov sönggi 24 soat içida Kursk viloyatida öqqa tutilgan hududni minglab odamlar tark etganini aytdi. «Bir keçada bir neça ming kişi öqqa tutilgan hududni şaxsiy transportida tark etdi, hududda 2,5 ming örinli yangi vaqtinçalik turar joy markazlari joylaştirildi», dedi Smirnov. Uning sözlariga köra, «otişma hududlaridan 200 dan ortiq odam olib çiqilgan».
Şu bilan birga, "7x7" jurnalisti Yekaterina Lobanovskaya avvalroq DW naşriga «markazlaştirilgan evakuatsiya umuman yöq, odamlar özi ketyapti, ma’muriyatdan yordam yöqligini» aytdi.
Sumi viloyatida evakuatsiya
Ayni vaqtda, Ukrainaning Sumi viloyatining beş tumanidagi 23 ta aholi punktida aholini majburiy evakuatsiya qiliş joriy etildi, deya xabar berdi viloyat harbiy ma’muriyati boşliği Vladimir Artyux Ukraina milliy telemarafoni efirida.
6 avgust kuni ertalab Kursk viloyati rasmiylari, keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadan Rossiya çegarasini buzib ötişga uriniş haqida e’lon qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi zaxira kuçlar mintaqaga ötkazilişini bildirdi.













