Rossiyaning Kursk oblastida uçinçi kundirki Ukraina qurolli kuçlarining yurişi davom etmoqda. Harbiy mavzuga ixtisoslaşgan pabliklar ma’lumotiga köra, ukrain harbiylari çegaradagi Sudja şahriga kirişgan. Ammo, mahalliy aholi vakillari tarqatgan videoyozuvlarga köra, Ukraina qurolli kuçlari jangçilari 8 avgust tongida şahar atrofida joylaşgan, ammo uning markaziga kirmagandi, şu bilan birga, video orqali şaharda rossiyalik harbiylar ham yöqligini köriş mumkin. RF mudofaa vazirligiga aloqador sanalgan Rybar telegram-kanali yozişiça, Sudjada «alohida qarşilik öçoqlari qolmoqda», bular asosan mahalliy aholi vakillari, «ammo şaharning özi amalda Ukraina qurolli kuçlarining töliq nazoratida». Ukraina qurolli kuçlari bölinmalari şahardan şimoli-şarqdagi aylanma yölni nazorat qilayotgani tasdiqlangan.
Şuningdek, kanalning tasdiqlanmagan ma’lumotlariga köra, Sudjanskiy rayoniga kirib borgan ukrain harbiylari Sudjadan şimoli va ğarbidagi qator aholi yaşaş manzillarida mustahkam örnaşib olgan. 8 avgust kuni mahalliy aholi vakillari tarqatgan videoga köra, Sudjaning şimoliy-şarqiy çekkasida, Kursk tomon boruvçi yölda ukrain otryadlari bölib turibdi.
Harbiy mavzuga ixtisoslaşgan va RF mudofaa vazirligi tanqidçisi hisoblangan «Dva mayora» telegram-kanali yozişiça, janglar Korenevskiy rayonida, jumladan Korenevo posyolkasi atrofida ham keçmoqda. Mazkur kanal Ukraina qurolli kuçlari Lgovskiy rayonidagi Anastasevka posyolkasi (Sudjadan 28 kilometr şimolda) yaqinida ham jang olib bormoqda.

RF mudofaa vazirligi Rossiya qöşini Ukraina qurolli kuçlari Kursk oblasti içkarisiga «yorib kirişga urinişlarining oldini olayotgani» töğrisida xabar bergan. Vazirlik 8 avgust tongida qurolli kuçlar va FXX «Kursk oblastining Sudjanskiy va Korenevskiy rayonlarida, Rossiya-Ukraina çegarasiga yaqin hududlarda Ukraina qurolli kuçlari tuzilmalarini yöq qilişda davom etayotgani»ni ta’kidlagan. «Ukraina qurolli kuçlarining jonli kuç va texnikalari töplangan nuqtalarga olovli zarbalar yöllanmoqda. Alohida bölinmalarning Kursk yönalişida çuqur kirib kelişga urinişlari töxtatilmoqda», — deyilgan RF mudofaa vazirligi xabarida. Vazirlik iddao qilişiça, kun davomida Ukraina qurolli kuçlari 400 nafargaça harbiy va 32 ta zirhli texnika, jumladan bitta tank yöqotgan, uç kunlik janglar mobaynida — jami 660 harbiy 82 ta zirhli texnika, jumladan sakkiz tank yöqotgan. Bu yöqotişlar böyiça ma’lumotlarni mustaqil manba orqali tekşirişning imkoni yöq. RF mudofaa vazirligi 8 avgust kuni ilk bor Kurskuyu oblastini har kungi brifingi çoğida eslab ötdi. Xabarda RF qöşini Kursk oblastining Darino qişloğida (u çegara yaqinida joylaşgan) Ukraina qurolli kuçlari şaxsiy tarkibi va texnikalariga zarba bergani aytilgan.


Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, Kursk oblastiga «Vagner» XHK jangçilari yuborilgan. Bu haqdagi ma’lumot tunda va 8 avgust tongida kiçik telegram-kanallarda tarqaldi. 8 avgust kuni «Dva mayora» kanali ham Kursk oblastida «Mudofaa vazirligi bölinmalari saflarida „Vagner“ ham jangga kirişgani» haqida xabar qildi. Vagnerçilar Malidan Kursk oblastiga yönaltirilgani töğrisida RTVI naşriga uşbu tuzilma jangçisi ham tasdiqlagan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak Rossiya öz hududi daxlsizligini talab qilişini ikkiyuzlamaçilik deb atagan. Bu Ukraina rasmiylarining ukrain harbiylari yurişi fonida Kursk oblasti böyiça bergan ilk bayonot böldi. Podolyak ukrain armiyasi yurişini tilga olmagan holda Kursk va Belgorod oblastlarida «odatiy hayot tarzi yöq bölişi sababi» Rossiya tajovuz qilgani ekanini aytgan. «Rossiya muntazam ravişda taqiqlovçi huquq normalari öziga taalluqli emasligi va şuning uçun qöşni mamlakat hududlariga jazoga uçramasdan hujum qilişi va ikkiyuzlamaçilik bilan... öz hududlari daxlsizligini talab qilişi mumkinligiga işonib kelgan. Ammo uruş — öz qoidalariga ega va tajovuzkor tomon doimo tegişli oqibatlarga duç keladigan uruşdir», — degan Podolyak.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham töğridan töğri Kursk oblastidagi yurişni tilga olmasdan, şunday degan: «Barça körib turibdi, ukrain armiyasi ajablantira oladi. Va natijalarga erişişni biladi». Bu haqda u harbiylar uçun qoğozbozlik işlarini qisqartirişga möljallangan «Armiya+» ilovasi taqdimoti vaqtidagi çiqişida aytib ötgan. Zelenskiyning videosi uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 8 avgust kuni paydo böldi.
Kursk oblasti rasmiylari ukrain armiyasi «biror metrga oldinga siljimagani, aksinça — çekinayotgani»ni ta’kidlamoqda. 8 avgust kuni uşbu hudud gubernatori örinbosari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Andrey Belostotskiy Birinçi kanal efirida aytib ötdi. Region rahbari Aleksey Smirnov 7 avgust kuni «çegara hududlarda murakkab operativ vaziyat saqlanib qolayotgani»ni aytgandi. U bu haqda Kursk oblastida favqulodda holat rejimini e’lon qiliş asnosida gapirgandi.
Belostotskiyning ma’lum qilişiça, Kursk oblastining çegaradagi rayonlaridan uç mingdan ortiq kişi evakuatsiya qilingan. Mahalliy aholi e’lon qilgan videoga köra, Sudjada yaşovçilar bu yerni mustaqil holda tark etişga urinmoqda, şaharda hokimiyat odamlari mavjudligining alomatlari körinmaydi.
Moskva temiryöllari Sudja, Korenevo, Psel vokzallari yölovçilar uçun vaqtinça yopilgani haqida xabar bergan, şu bilan birga, Kursk oblastining Sudjanskiy va Korenevskiy rayonlaridan boşqa hududlarga poyezdlar odatiy tartibda qatnaşi davom etmoqda. Ukraina qurolli kuçlari yurişi fonida Kursk oblasti ma’muriyatining internet-resurslariga yoppasiga DDoS-hujumlar kuzatilgan. RF Raqamli taraqqiyot vazirligi bu hujumlar qaytarilganini bildirgan.
Andrey Belostotskiyning ma’lum qilişiça, Kursk oblastida Ukraina qurolli kuçlari hujumi çoğida tört kişi halok bölgan. Aleksey Smirnov esa avvalroq ikki kunlik janglar vaqtida beş qurbon bölgani haqida aytib ötgandi. Ulardan ayrimlarining şaxsiga aniqlik kiritilgan — qurbonlar qatorida Kurskdagi «Avangard» klubi futbolçisining otasi (u tez yordam maşinasiga dron urilişi oqibatida halok bölgan feldşer) va homilador ayol bor. Kursk yeparxiyasiga köra, Gornal qişloğidagi Avliyo-Nikolayev Belogorskiy erkaklar monastiridan evakuatsiya çoğida bir kişi halok bölgan, deb xabar beradi «Interfaks». Rossiya soğliqni saqlaş vazirligiga köra, Kursk oblasti öqqa tutilişi çoğida jarohatlangan 34 kişi statsionar davolanişda, ulardan beş nafari yoş bolalar. Yaralanganlar orasida — VGTRK korrespondenti Yevgeniy Poddubniy ham bor. U ketayotgan maşinaga ham dron zarba bergan. Vazirlik jarohatlanganlardan töqqiz nafari, jumladan Poddubniy ham Moskvadagi şifoxonaga olib ötilganini ma’lum qilgan.
Yevroittifoq Ukraina RF qöşinlariga istalgan joyda zarba berişi mumkinligini bildirdi. Bunday bayonot Bryusseldagi matbuot anjumani çoğida YeI taşqi siyosat xizmati rasmiy vakili Peter Stano tilidan yangradi, deb xabar qiladi Deutsche Welle. Kursk oblastidagi vaziyat töğrisidagi savolga javob qaytararkan, Stano «qonuniy mudofaa huquqi doirasida Ukraina duşmanga öz hududida, şuningdek raqib hududida özi uçun qulay deb bilgan istalgan joyda zarbalar berişi mumkinligi»ni aytgan. «Ukraina noqonuniy tajovuzni qaytarmoqda. Bu şuni anglatadiki, Ukraina qonuniy mudofaa uruşi olib bormoqda», — deya qöşimça qilgan Stano.
AQŞ Davlat departamenti vakili Metyu Miller 7 avgust kungi brifingda Rossiya Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzgan şaroitda öz harbiy amaliyotlarini qanday ötkaziş böyiça qarorni Kiyev özi qabul qilişini bildirgan. Miller Rossiya hududi böylab zarbalar berişda Amerika qurollaridan foydalanişdagi çeklovlar siyosati özgarmaganini qayd etgan. Davlat departamenti vakilining sözlariga köra, Ukraina Kursk oblastidagi yuriş haqida AQŞni oldindan xabardor qilmagan, lekin bunda heç qanday noodatiy jihat yöq. «Biz Ukrainaga vositalar taqdim etamiz va maslahatlar beramiz. Ammo har kungi taktika, har kungi zarbalar haqida gap ketganida biz ba’zida ular bilan aloqaga çiqamiz, ba’zida yöq», — degan Miller. U AQŞ çegaradagi amaliyotlar böyiça Ukraina bilan «aloqada» bölib turganini qöşimça qilgan.
Rossiyalik muxolif siyosatçi Ilya Yaşin Kursk oblastida Ukraina qurolli kuçlari hujumi natijasida odamlar halok bölişida Ukrainaga qarşi uruşni boşlagan Vladimir Putin aybdorligini aytgan. «Kursk oblastida bölayotgan voqealar — qörqinçli. Uruşning birinçi kunidanoq men [Rossiya prezidenti Vladimir] Putin Rossiya hududiga ölim va vayrongarçiliklar olib kelişi muqarrarligi hamda mamlakatimiz uning qonli avantyurasi uçun katta tölov qilişiga töğri kelişini aytganman. Şunday ham bölib çiqdi, afsuski», — degan Yaşin. U agar Putin Ukrainaga hujum qilişga buyruq bermaganida, Kursk oblastida halok bölganlar tirik qolgan bölardi, deya ta’kidlagan.













