Ötgan 24 soat içida Isroil harbiylari egallab olingan Iordan daryosi Ğarbiy sohili turli hududlarida 12 nafar falastinlikni qölga oldi.
Bu haqda Falastin asirlari jamiyati va Falastin ozodlik taşkilotining asirlar işlari böyiça qömitasi qöşma hisobotida aytiladi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Iordan daryosi Ğarbiy sohilida Isroil harbiylari tomonidan qölga olingan falastinliklar soni 10 mingdan oşdi.
Isroil ötgan yilning 7 oktyabr kuni Ğazo sektoriga ommaviy hujumlar uyuştirilganidan söng, reydlar, qölga olişlar va hujumlar soni ortişi bilan bosib olingan hududlar aholisiga bosimni oşirdi.
7 oktyabrdan beri egallab olingan Ğarbiy Sohil va Şarqiy Quddusda Falastin yerlarini özlaştirgan isroillik askarlar va isroilliklarning hujumlari natijasida 620 falastinlik halok böldi, 5 mingdan ortiq falastinlik yaralandi.












