Ukraina hukumati birinçi marta Qurolli kuçlarining Rossiyaning Kursk viloyatiga qilgan hujumiga izoh berdi. Bu haqda Ukraina Oliy boş qömondonligi ştabining 12 avgust kuni bölib ötgan yiğilişida söz yuritildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy telegram-kanalida ştab-kvartira yiğilişidan video e’lon qilindi. Ukraina prezidentining ta’kidlaşiça, Ukraina Qurolli kuçlari Boş qömondoni general Oleksandr Sirskiy «frontdagi mudofaa harakatlari va Kursk viloyatidagi operatsiya haqida ma’lumot bergan».
Sirskiy uçraşuv çoğida Ukraina harbiylari Rossiyaning qança hududini nazorat qilayotganini aytgan. «Ayni damda Rossiyaning 1000 kvadrat kilometrga yaqin hududi bizning nazoratimiz ostida», dedi Sirskiy.
Kursk viloyati rahbari Aleksey Smirnov 12 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda Ukraina Qurolli kuçlari Kursk viloyatidagi 28 ta aholi punktini nazorat qilayotganini aytdi. Şu bilan birga, Ukrainaning OSINT-DeepState loyihasi Ukraina qurolli kuçlari Kursk viloyatidagi 44 ga yaqin aholi punktini nazorat ostiga olganini da’vo qilmoqda.
Ukraina Qurolli kuçlari 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida hujum uyuştirmoqda. Dastlabki kunlarda Ukraina armiyasi bir neçta aholi punktlarini egallab oldi, şundan söng Ukraina Qurolli kuçlarining oldinga siljişi sekinlaşdi.
Hujum çoğida Ukraina rasmiylari harbiylarning Kursk viloyatidagi harakatlariga oçiq izoh bermadi, Volodimir Zelenskiy esa 8 avgust kuni Rossiya Ukraina tuproğiga uruş olib kelgani va «öz qilmişi qandayligini his qilişi kerak» dedi.













