Kurskka hujum qiliş maqsadida Donetsk viloyatidagi pozitsiyada joylaşgan bölinmalarning siljitilişi Ukraina mudofaasini zaiflaştirdi. Rossiya armiyasi Donbassda bosimni kuçaytirdi va bir neçta aholi punktini egallab oldi. Kurks operatsiyasining muvaffaqiyatiga askarlar yetmasligi sabab qiynalayotgan frontning boşqa nuqtalaridagi muammolar soya solmoqda.

14 avgust kuni Rossiya qöşinlari Jyelannoye va Orlovka qişloqlarini egalladi, şuningdek, Nyu-York, Nikolayevka, Juravka va Krasnogorovka aholi punktlari tomon siljidi. Uşbu aholi punktlari aprel oyidan beri rus bölinmalari hujum qilib kelayotgan Toretsk va Pokrovsk şaharlari örtasida joylaşgan.

Bugun, 15 avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ivanovka nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi. U Pokrovskdan 16 kilometr uzoqlikda joylaşgan, UQKning yirik ta’minot markazi şu yerda joylaşgani bois strategik ahamiyatga ega.

Rossiya qömondonligi Kursk yaqinidagi mudofaani mustahkamlaş uçun şarqiy frontdan qöşinlarni olib çiqayotgani haqida hozirça ma’lumot yöq. Aksinça, Donbassda bosim kuçayib bormoqda, u yerda bir yarim hafta oldin Kursk operatsiyasida iştirok etiş uçun ba’zi bölinmalar siljitilgani tufayli Ukraina pozitsiyalari zaiflaşgan.

Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotlariga köra, Pokrovsk yönalişida ukrainlar «bosqinçining 58 ta hujum harakatlarini töxtatgan». 13 avgust kuni Boş ştab 52 ta hujum haqida aytgandi — ularning soni ötgan haftaga nisbatan oşgan.

UQKning Pokrovsk tumanini himoya qilayotgan 110-mexanizatsiyalaşgan brigada vakili Ivan Sekaçga köra, Kurskka hujumdan keyin «frontdagi vaziyat yomonlaşgan». «Bizga oldingidan ham kamroq öq-dorilar yetib kelmoqda, ruslar esa hujum qilyapti», — deydi u.

Pokrovskni himoya qilayotgan ukrain askarining AP’ga ma’lum qilişiça, oxirgi haftada Rossiya armiyasining hujumlari faollaşgan. Uning ta’kidlaşiça, Kurks operatsiyasi ruslar «öz hududini himoya qila olmasligini körsatgan».