Ukraina harbiylari Kursk viloyatidagi Seym daryosi ustidan ötgan yana bir köprikka zarba berdi. Bu haqda mamlakat Havo kuçlari qömondoni Nikolay Oleşuk ma’lum qildi.

«Kursk yönalişi. Yana bir köprik minus! Havo kuçlari aviatsiyasi aniq zarbalar orqali duşmanning logistik imkoniyatlardan mahrum qilişni davom etmoqda, bu jangovar harakatlarning borişiga sezilarli ta’sir körsatyapti», — deb yozadi u özining Telegram kanaliga.

Foto: Telegram / Astrapress

Mash’ning yozişiça, «Zvannoye» qişloğidagi köprik HIMARS raketalari yordamida berilgan zarbalar oqibatida yöq qilingan. ASTRA naşriga köra, uşbu köprik orqali Rossiya harbiy qismlarining ta’minoti amalga oşirilgan.

Bundan oldin Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Rossiya Federatsiyasi hududidagi hujum paytida Kursk viloyati Gluşkovo şahrida Seym daryosi ustidagi köprikni vayron qilgandi.

Baza va Mash telegram-kanallari xabariga köra, köprikka Amerikaning HIMARS qurilmasidan raketalar bilan urilgan, şundan söng tayanç ustunlardan biri qulab tuşgan. Mash yozişiça, köprikka zarbadan keyin Gluşkovo tumanining çegara qismi, jumladan, Tetkino, Popovo-Lejaçi, Volfino qişloqlari va 27 ga yaqin boşqa aholi punktlari bilan aloqa uzilgan. 

15 avgust holatiga köra Ukraina Qurolli kuçlari Kursk viloyatida turli yönalişlarda 500 metrdan 1,5 kilometrgaça bölgan masofada oldinga siljigan va hozirda 1150 kvadrat kilometr maydondagi 82 aholi punkti Ukraina armiyasi nazorati ostida. Umuman olganda, operatsiya boşlanganidan beri Ukraina Qurolli kuçlari Kursk hududiga 35 kilometr masofaga kirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 15 avgust kuni öz hisobotida Rossiya armiyasi Kursk viloyatidagi Krupets qişloği ustidan nazoratni qayta tiklagani, şuningdek, bir neça qişloqlar yaqinida Ukraina qurolli kuçlari hujumlarini qaytarganini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, 2022 yil 8 oktabr tongida Kerç böğozi orqali ötuvçi temiryöl köprigida portlaş röy berişi oqibatida avtomobil köprigining bir qismi qulab tuşgan edi. Öşanda yonilği töldirilgan bir neça sisternalar yonib ketgan, köprik böylab avtomobil va poyezdlar harakati vaqtinça töxtatilgandi.