Xitoylik olimlar Oydan yuklarni uçiriş uçun qiymati 18 milliard dollarlik magnit qurilma loyihasini işlab çiqdi, deb xabar beradi South China Morning Post gazetasi.

Qurilma texnologiyasi magnit levitatsiyasiga asosolangan bölib, uning işlaş prinsipi bolğa uloqtiriş fizikasiga öxşaş: riçag yordamida u içida yuk bor kapsulani aylantiradi va Yerga uçiradi.

Vakuum darajasi yuqori va gravitatsiya past bölgan Oy yuzasi qurilmaga har kuni ikkita kapsulani uçiriş imkonini beradi. Har bir uçiriş xarajati hozirda mavjud yetkaziş usullarining 10 foizini taşkil etadi.

Aerospace Shanghai ilmiy jurnalida çop etilgan maqolada qayd etilişiça, mazkur tizimda 50 metrli riçag va yuqori haroratli superötkazuvçi dvigateldan foydalainiladi. Riçag 10 daqiqa aylanişi davomida Oy uçun 2,4 kilometr/soniyani taşkil etadigan ikkinçi kosmik tezlikka erişadi. Tizim quyoş va atom energiyasidan foydalanadi, bundan taşqari, energiya sarfining 70 foizi riçag tormozlanişida hosil böladigan kinetik energiya hisobiga qoplanadi.

Bu kabi qurilmaning har biri 20 yilga yaqin xizmat qiladi, ammo oğirligi 80 tonnali loyihani amalga oşiriş va Oy yuzasiga örnatiş uçun Xitoy öta oğir raketa taşuvçini yaratişi kerak.

Bunday qurilmani örnatiş xarajati 140 milliard yuanni (18,2 milliard dollar) taşkil etadi. Şu bilan birga, Oydan yiliga 3-5 tonna geliy-3 ni kapsulalarda Yerga yetkaziş 100 milliard yuangaça foyda köriş imkonini beradi. Mazkur izotop eng istiqbolli energiya manbalaridan biri hisoblanadi, ammo Yerda uning zaxirasi 0,5 tonnaga yaqin bölsa, Oyda 1 million tonnani taşkil etadi. Şu bois 20 tonna uşbu yoqilğining olib kelinişi, Xitoyning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini töliq qoplaydi.