AQŞda maşhur teleboşlovçi Fil Donahyu 18 avgust kuni 88 yoşida vafot etdi. Uning ölimi haqida 19 avgust, duşanba kuni The Washington Post naşri xabar berdi. 

Donahyu tok-şou janrini boşlab berganlardan biri edi. Uning mualliflik dasturi - «Fil Donahyu şousi» birinçi marta 1967 yilda efirga uzatilgan bölib, aslida zamonaviy ma’noda tomoşabinlar iştirokidagi birinçi kunduzgi tok-şou edi. Dastur 1996 yilgaça davom etdi.

Fil Donahu 80-yillarning oxirida Vladimir Pozner bilan birgalikda ötkazgan AQŞ va SSSR örtasidagi ikkita teleköprik tufayli rusiyzabon tomoşabinlar orasida maşhur böldi. Uşbu teleköpriklar qayta quriş va sovuq uruşning tugaşi ramziga aylandi. 1986 yilda Donahyu Çernobil AES avariyasi joyiga taşrif buyurgan birinçi xorijiy muxbir böldi. 1991 yildan 1996 yilgaça u Vladimir Pozner bilan CNBC telekanalida «Pozner va Donahyu» nomli dolzarb mavzular dasturini olib bordi. 

Donahyu 20 ta «Emmi» mukofotini qölga kiritgan: ön marta tok-şou boşlovçisi, ön marta tok-şou muallifi sifatida. 2024 yil mart oyida u AQŞning eng oliy fuqarolik mukofoti - Prezidentlik Ozodlik medalini oldi.