Davlat rahbari umumiy ovqatlaniş va mehmonxona xizmatlarining eng katta muammosi QQS va işçilar hisobini yuritiş ekanini ta’kidladi. 

Şu bois 1 yanvardan umumiy ovqatlaniş korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga keşbek sifatida qaytarib beriladi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oşirgan korxonalarga QQSning 40 foizi tölangan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bölsa, keşbek 20 foiz böladi.

QQS tölaşga ötgan restoran va kafelarga foyda soliği 2 karra kamayadi. 1 dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini kirim qilişda heç qanday hujjat talab qilinmaydi. Ularga bahor va yoz mavsumida özlariga tutaş maydonlarda stol-stul va soyabon qöyib işlaşga ruxsat beriladi. Restoran va kafelar işçilar bilan qisqa muddatli, soddalaşgan mehnat şartnomasini tuzişi mumkin böladi.

Xuddi şu kabi 1 oktyabrdan mehmonxona va turoperatorlarga ham tölangan QQSning 20 foizi keşbek qilib beriladi.

Bundan taşqari, yaqinda bozorga kirişdagi 7 ta eksklyuziv huquq bekor böladi. Qayd etilişiça, bu orqali 1,5 mingdan ortiq tadbirkorlar uçun bozorga kiriş imkoniyati yaratiladi.

Jumladan, mehmonxona faoliyatini sertifikatlaş bilan akkreditatsiyasi bor barça korxonalar şuğullanişi mumkin böladi. 1 oktyabrdan esa xuddi Tadbirkorlik reytingi kabi Quriliş vazirligidagi “Şaffof quriliş” tizimini tadbirkorlarning özi yuritadi. Konsalting markazlari funksiyalari töliq xususiy sektorga ötkaziladi.

Prezident tadbirkorlar taklif bersa, davlat idoralari körsatayotgan boşqa xizmatlarni ham xususiy sektorga berişga tayyorligini bildirdi.