Ukraina qöşinlarining Kursk viloyatida oldinga siljişi keng tarqalmaydi, deydi Germaniya kansleri Olaf Şols 21 avgust, çorşanba kuni Moldovaga taşrifi çoğida «Bu makon va ehtimol vaqt jihatidan juda çeklangan operatsiya», dedi kansler. U, ayniqsa, Kiyev Berlin bilan heç qanday tarzda maslahatlaşmagan holda, Kursk viloyatida hujumga tayyorlanganini alohida ta’kidladi.

Şols: Germaniya kerak bölgunça Ukrainani qöllab-quvvatlaydi

Şu bilan birga, kansler Germaniya zarur bölgan vaqt davomida Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişiga va Berlin «Ukrainaning Yevropadagi eng yirik yordamçisi» bölib qolişiga va’da berdi. Şols fikriça, faqat AQŞ yirik davlat sifatida Kiyev uçun Germaniyadan köra köproq narsani qila oladi. 

Şu bilan birga, u 2025 yilda Germaniya Kiyevga yordam beriş uçun atigi 4 milliard yevro ajratişini tasdiqladi, 2024 yilda bu körsatkiç 7 milliarddan oşadi. Bu «bir qança boşqa yirik Yevropa mamlakatlari taqdim etganidan köpdir», dedi Şols. Uning tuşuntirişiça, Kiyevga «Yettilik guruhi» (G7) davlatlari tomonidan avval kelişib olingan 50 milliard dollar miqdoridagi kreditni hisobga olgan holda, Ukraina unga ilgari mavjud bölganidan köproq mablağ olişi mumkin böladi. 

Moldova prezidenti Mayya Sandu, öz navbatida, Kiyev ittifoqçilaridan olayotgan yordam unga mamlakatni himoya qilişga yordam berişini ta’kidladi.

Germaniya Ukrainaga harbiy yordam miqdorini çeklaşni rejalaştirmoqda

Kiyevga harbiy yordamni davom ettiriş haqidagi munozaralar Berlinning 2025 yildayoq uning hajmini kamaytiriş rejalari fonida davom etmoqda. Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung (FAS) gazetasi 17 avgust kuni Germaniya hukumati Ukrainaga yaqin kelajakda qöşimça moliyaviy yordam bermoqçi emasligini yozdi. FAS içki hukumat hujjatlari va öz manbalaridan aniqlaşiça, Kiyevga faqat ilgari ma’qullangan yordam körsatiladi, kansler Olaf Şolsning iltimosiga binoan Germaniya Mudofaa vazirligining boşqa sörovlari tasdiqlanmaydi. FAS ma’lumotlariga köra, bu haqda Germaniya moliya vaziri Kristian Lindnerning 5 avgustda mudofaa vaziri Boris Pistoriusga yöllagan maktubida aytilgan.

Agar 2024 yilda Germaniya budjeti Ukrainaga yordam beriş uçun 8 milliard yevroni öz içiga olgan bölsa, 2025 yil uçun rejalaştirilgan limit atigi 4 milliardni taşkil etadi. 

Keyinroq Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainaga harbiy yordam qisqarişi mumkinligi haqidagi iddaolarni rad etdi. Sat.1 telekanaliga bergan intervyusida Şols Berlinning Kiyevni qöllab-quvvatlaş borasidagi pozitsiyasida «mutlaqo beqarorlik yöqligini va bu boradagi muhokamalardan hayratda ekanligi»ni aytdi. 

Bundan taşqari, G7 qaroriga köra, Ukraina 50 milliard yevro miqdorida kredit oladi, uning foizlari Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tuşgan daromad hisobidan qoplanadi. Bu mablağlar Kiyevga mudofaa uçun zarur bölgan qurollarni sotib oliş imkonini beradi, dedi Şols. Bu mexanizm xalqaro darajada hali kelişilmagan. Biroq, Germaniya kansleri taklif qilingan sxemada «mutlaqo noaniq narsa» yöq, deb hisoblaydi.