Hindiston boş vaziri Narendra Modi Ukrainaga qarşi uruş boşlagan Moskva va Kiyev örtasida vositaçi bölişga tayyor. «Biz tinçlik va barqarorlikni imkon qadar tezroq tiklaş uçun muloqot va diplomatiya tarafdorimiz», — dedi Modi 22 avgust, payşanba kuni Varşavada Polşa boş vaziri Donald Tusk bilan uçraşuvdan söng. U, şuningdek, Hindistonning «jang maydonida heç qanday muammoni hal qilib bölmasligiga qat’iy işonçini» ta’kidladi. Hindiston boş vaziri Ukrainaga taşrifi arafasida Polşaga keldi.

Öz navbatida, Polşa boş vaziri şunday dedi: «Boş vazir özining uruşni tinç, adolatli va tez yakunlaş uçun şaxsan harakat qilişga tayyorligini tasdiqlaganidan juda xursandman, biz Hindiston bu borada juda muhim rol öynaşiga işonamiz». Şu bilan birga, u Ukrainaning öz çegaralarini himoya qiliş huquqini eslatib ötdi: «Tarix bizning xalqlarimizga qoidalarni, çegaralar va hududiy yaxlitlikni hurmat qiliş naqadar muhimligini örgatdi», deb ta’kidladi Donald Tusk.

Hindiston hozirça Rossiyaning Ukrainaga hujumini qoralaşdan tiyilgan va buning örniga urişayotgan tomonlarni muloqotga çaqirgan. Sovuq uruş davridan beri mamlakat Rossiya bilan yaqin munosabatlarni saqlab kelmoqda. Şu bilan birga, Hindiston Ğarb bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikka intilmoqda va raqobatçi bölgan Xitoyga qarşi qöllab-quvvatlovga ega bölmoqçi, deya ta’kidlaydi AFP. 

Modi Moskvaga taşrifidan keyin Kiyevga boryapti

Ukraina Modining 23 avgustda kelişini kutmoqda. Bu Hindiston rahbarining 30 yil içida mamlakatga ilk taşrifi böladi. Kiyevga bölajak safaridan bir neça hafta oldin Hindiston boş vaziri Moskvaga taşrif buyurdi va u yerda Vladimir Putin bilan uçraşdi. Uçraşuv kuni, 8 iyulda rus qöşinlari Ukrainaga, şu jumladan Kiyevdagi "Oxmatdet" bolalar kasalxonasiga katta hujum uyuştirdi.

Hindiston boş vaziri Ukrainadagi uruşni töxtatiş va muloqot orqali tinçlikka erişişga çaqirdi, şuningdek, Kiyev kasalxonasida bolalarning ölimi yuzasidan «oğriq va dahşat»ni bildirdi. «Begunoh bolalar öldirilganda, ularning ölişini körsangiz, yuragingiz oğriydi va bu oğriq çidab bölmas», dedi Modi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Modining Rossiyaga taşrifini «afsuslanarli» deb atadi. «Dunyodagi eng yirik demokratik davlat rahbarining Moskvada bölişini köriş juda katta umidsizlik va tinçlikka erişiş sa’y-harakatlariga zarba böldi», dedi u.