«Tolibon» Afğonistondagi ayollarga erkaklarga qaraş va jamoat joylarida baland ovozda gaplaşişni taqiqlamoqda. Yangi tartib-qoidalar qayd etilgan 114 varaqli hujjat bilan tanişib çiqqan The Telegraph’ning yozişiça, afğon fuqarolarining kundalik hayotini tartibga soliş böyiça qat’iy çoralar belgilangan.

«Baloğat yoşidagi ayollarning begona erkaklarga qaraşi taqiqlanadi», — deyiladi qoidalarning birida. Şuningdek, ayollarga «özgalar nafsini qözğatmaslik va ularni öziga jalb etmaslik» uçun yuzlarini yopib yuriş va begona erkaklar bor joyda suhbatdan tiyiliş buyurilgan.

Bundan taşqari, afğon ayollariga ovozlari köçaga eşitilmasligi uçun öz uylarida ham baland ovozda gaplaşiş taqiqlangan.

«Xalqaro hamjamiyatning «Tolibon» bilan özaro munosabatlari ularni ayollarga bosimni davom ettirişga undadi. Hokimiyat tepasidagilar bizning mavjudligimizni tan olişdan boş tortayotgan radikal şaxslardir», — deydi Kobulda davlat idorasida işlagan Zaynab ismli sobiq xodim.

Asosan ayollar yuriş-turişiga taalluqli bölgan yangi qoidalar ularga jamoat joylarida doimo tanalarini yopgan holda yuriş majburiyatini yuklamoqda.

Bundan taşqari, ayollarga jamoat joyida qöşiq aytişi yoki Qur’on öqişi ham taqiqlangan, ularning ust-boşi esa yupqa, tor yoki kalta bölmasligi kerak.

Taksi haydovçilariga «hijobsiz yoki erkak mahrami bölmagan ayollarni» olib yuriş, transport vositasida musiqa tinglaş ham taqiqlandi. «Tolibon»ga köra, yangi qoidalarga böysunmaganlar hibsga olinib, qamoqqa yuboriladi.

Şuningdek, erkaklarning ham jamoat joylaridagi ayollar yuziga qaraş, tor kiyim kiyişi ham taqiqlandi. Şu bilan birga, endi ular soqolini kaltalatişi ham mumkin emas.

Naşrning yozişiça, yangi qoidalar şundoq ham gumanitar taşkilotlarda işlaş, boğlarga boriş, erkak hamrohsiz harakatlaniş taqiqlangan afğon ayollarining ğazabi sabab bölmoqda.