Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, 24 avgust kuni Ukraina bilan harbiy asirlar almaşinuvi böldi. Vazirlik Kursk oblastida asirga tuşib qolgan 115 nafar rossiyalik harbiylar qaytarilganini ta’kidlagan. Ukrainaga ham şunça harbiy asirlar qaytarilgan.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi videosidan kadr

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan 115=115 formatida asirlar almaşinuvi bölib ötganini tasdiqladi. Ukrainaga Milliy gvardiya, Qurolli Kuçlar, Harbiy-dengiz kuçlari va Davlat çegara xizmati harbiylaridan taşkil topgan asirlar qaytarilgan.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Rossiya Mudofaa vazirligi asirlar almaşinuvi Birlaşgan Arab amirligi vositaçiligida amalga oşirilganini bildirdi. Hozirgi vaqtda rossiyalik askarlar Belorus hududida bölib turibdi, ular reabilitatsiya va davolanişlardan söng Rossiyaga olib boriladi.

Harbiy muxbir Semen Pegov Rossiyaga qaytarilgan harbiylar muddatli xizmatni ötayotgan yoş askarlar ekanini ta’kidlagan. Mudofaa vazirligi bu haqda ma’lumot bermagan, keyinroq Rossiya Ombudsmani Tatyana Moskalkova qaytarilgan harbiy asirlar muddatli xizmatdagi yoş askarlar ekanini tasdiqladi.

Meduza naşriga köra, bu Ukraina Kursk oblastiga bostirib kirganidan buyon ikki mamlakat örtasida ilk asirlar almaşinuvi hisoblanadi. Kurskka hujum boşlangan ilk kunlarda yuzlab rossiyalik harbiylar asirga tuşgani xabar berilgan edi.

Xususan, BBC rus xizmati Ukrainaning Kurskka yurişidan söng kamida 81 nafar muddatli harbiy xizmatçilar yaqinlari bilan aloqaga çiqmay qöygani, 40 ga yaqin askarlar asirlikka tuşgani haqida yozgan edi.

6 avgust tongida Ukraina qöşinlari Sumi viloyatidan Rossiyaning Kursk viloyatiga kirib keldi. Natijada Rossiya-Ukraina uruşida yangi front oçildi, şuningdek, bu II jahon uruşidan keyin Rossiya hududiga ilk marta xorijiy askarlar kirişi böldi.