Kursk viloyatida 80 dan ortiq muddatli harbiy xizmatchi bedarak yo‘qoldi
Ukraina qurolli kuchlarining Kursk yaqinidagi amaliyoti boshlanganidan beri 81 nafar harbiy xizmatchi o‘z qarindoshlari bilan aloqaga chiqmagan. Ulardan kamida 38 nafari asirlikda, ikki nafari halok bo‘lgan, deb xabar berdi BBC.
Britaniyaning BBC media-kompaniyasi ochiq manbalarga tayanib, Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatida amaliyoti boshlanganidan buyon o‘z qarindoshlari bilan aloqaga chiqmagan 81 muddatli harbiy xizmatchi ism-sharifini aniqladi. Ulardan kamida 38 nafari asirlikda, yana ikki nafari halok bo‘lgan. Nashr bu haqdagi ma’lumotni 23 avgust, juma kuni o‘z saytida e’lon qildi.
Yo‘qolganlarning aksariyati 488-motoo‘qchilar polkida xizmat qilgan, deb yozadi BBC ularning yaqin qarindoshlariga tayanib. Ushbu qism Bryansk viloyatining Klinsi shahrida joylashgan. Biroq, aslida, u yerda xizmat qilgan muddatli harbiy xizmatchilar bir necha oy Kursk viloyatidagi chegara postlarida bo‘lishgan, deydi jurnalistlar.
Matnda Ukrainaning Rossiya hududiga hujumi paytida halok bo‘lganlar aniq sonini aniqlash deyarli mumkin emasligi ta’kidlangan. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar orasida faqat ikki nafar qurbonlar borligi aniq: ular 19 va 22 yoshli yigitlar.
Bloomberg: Rossiya hududlarini qaytarish uchun muddatli harbiy xizmatchilardan foydalanishni rejalashtirmoqda
Bloomberg agentligining 22 avgust kuni xabar berishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi Donbassdagi front chizig‘idan Ukraina qurolli kuchlarining hujumi uchinchi haftadan beri davom etayotgan Kursk viloyatiga qo‘shinlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, Kreml Kursk yaqinidagi hududlarni ozod qilish operatsiyasiga muddatli harbiy xizmatchilarni jalb qilmoqchi. Harbiy tahlilchi Yan Matveyev fikricha, Rossiya o‘z hududidagi aholi punktlarini qaytarish uchun 40 mingdan 50 minggacha harbiy xizmatchiga muhtoj bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:39 / 15.11.2024
Kursk oblastida kamida 13 nafar rossiyalik muddatli harbiy xizmatchi halok bo‘ldi
08:50 / 15.11.2024
Kursk oblasti sobiq rahbari RF harbiylari talonchilik qilganini tan oldi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:10 / 05.11.2024