Çernogoriyaning .me domeni egalari Telegram asosçisi Pavel Durovga messenjerdagi qisqa havolalar nima uçun işlamay qolganini tuşuntirdi. Ularning akkaunti Durovning X ijtimoiy tarmoğidagi postiga javob qaytardi.

Avvalroq Durov domen nomi egalaridan t.me qisqa havolalaridagi nosozlik sababini aniqlaşni söragan edi.

«Ey, @domainME, t.me havolasi işlamay qoldi. Şu masalani körib çiqa olasizlarmi?», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Unga şunday javob berildi: «Sabringiz uçun taşakkur! t.me işi OFAC talablariga rioya etiş maqsadida töxtatilgan edi, biroq hozir servis yana işlamoqda».

OFAC (ingl. Office of Foreign Assets Control — Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi) — bu AQŞ Moliya vazirligining bölinmasi bölib, xorijiy yurisdiksiyalar va rejimlarga, şuningdek, AQŞ hukumati bahosiga köra, noqonuniy faoliyat olib borayotgan hamda mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan jismoniy va yuridik şaxslarga qarşi iqtisodiy sanksiyalar joriy etadi.

Bir kun avval brauzerda kanallar, postlar va profillarga olib ötuvçi havolalar oçilmay qolgan edi. «Kod Durova» portali muammoni serverHold holati bilan boğladi, bu holat tufayli domen DNS tizimidan çiqarib yuboriladi.

TechCrunch naşrining ekspert Jon Aragonga tayanib yozişiça, t.me faoliyati AQŞ Moliya vazirligi hakerlar tovlamaçilik dasturlari yordamida hujumlar uyuştirişda foydalanadi, deb hisoblagan VPN-provayderiga qarşi sanksiya joriy etgan kuniyoq töxtatilgan. SDN röyxatida messenjerdagi kanalga havola ham mavjud. Ehtimol, domen registratori sanksiyalarga rioya qiliş uçun Telegram’ga tegişli bölgan butun t.me domenining faoliyatini töxtatib qöygandir, deb yozdi naşr.